Kesuvchi va yordamchi asboblarni hamda moslamalarni tayyorlash aniqligi va ularni vaqt birligi ichida yeyilishi. Kesuvchi va yordamchi asboblarni tayyorlash aniqligi detallarga mexanik ishlov berish berish aniqligiga ta’sir ko’rsatadi. Mashina detallari kabi kesuvchi va yordamchi asboblarni ham absolyut aniq qilib tayyorlab bo’lmaydi. Ishlov berish jarayonida ularning xatoliklari u yoki bu ko’rinishda detalga ko’chib o’tadi. Bundan tashqari, ishlov berish jarayonida ular yeyiladi va natijada xatolik ortib boradi. Bu esa yeyilish natijasida dastgoh detallariga nisbatan kesuvchi asbobning ta’siri yuqori ekanligini bildiradi.
Kesuvchi asbobning o’lchamlari yeyilishi natijasida hosil bo’luvchi xatoliklar hisobi. Kesuvchi asbobning kesish yo’liga bog’liqligi uning o’lchamli yeyilishi orqali ifodalanadi. Bu o’z navbatida 1000 m yo’l hisobiga keltiriladi va keltirilgan o’lchamli yeyilish K orqali aniqlanadi.
Yo’nishda kesish yo’li L, m da quyidagicha aniqlanadi:
, m (1)
bu yerda: D - ishlov berilayotgan sirt diametri, mm; l - ishlov berilayotgan sirt uzunligi, mm; S – surish qiymati, mm/ayl.
Bitta partiyadagi n detallarga ishlov berilsa, u holda umumiy yo’l Ln=L×n. Kesuvchi asbobni moslashishi uchun dastlabki yeyilish yo’lini 1000 m deb olsak,
, m (2)
normativlardan foydalanib keltirilgan yeyilish K ni qabul qilsak, u holda umumiy yeyilish Ey
bo’ladi. (3)
Moslamaning xatoligi uning detallarining xatoligi va yeyilishi natijasida hosil bo’lib, tayyorlanayotgan detalning dopusklari maydoni qiymatidan 1/3-1/5 qismidan ortib ketmasligi kerak.
Dastgohni talab etilgan o’lchamga sozlash va kesuvchi asbobni o’rnatish xatoliklari. Donali ishlab chiqarish sharoitida kesuvchi asbobni sozlash ishlov berish davrida ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida esa sozlovchi tomonidan ishlov berishgacha amalga oshiriladi.
Donali ishlab chiqarish sharoitida kerakli o’lcham sinab kesib olish yo’li bilan olinadi. Bu holda ma’lum qatlam kesib olingandan so’ng o’lcham tekshirib ko’riladi va h.k. bu ishni talab etilgan o’lchamga erishgunga qadar davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |