Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari. Zamonaviy avtomobil transport vositasi bo’lib, mashinasozlikning ko’pchilik tarmoqlari eng yaxshi yutuqlarini o’zida namoyon qiladi va ilg’or ilmiy g’oyalar konstruktorlik va texnologik ishlab chiqishlar sintezi hisoblanadi. Avtomobilni tayyorlash o’zaro bog’liq ikkita bosqichni o’z ichiga oladi: loyihalash va keyinchalik sinash bilan ishlab chiqarish. Konstruktorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar avtomobilni tayyorlashning texnologik masalalariga katta ta’sir o’tkazadi, chunki konstruktor ishchi kuchlanishlar hisoblari asosida detal materialini tanlash, detal shakli va o’lchamlarini aniqlash bilan sirtlar sifatini ta’minlash bo’yicha talablarni, alohida zonalarning strukturaviy holatini, detallar mustahkamligi va umrboqiyligini ishlab chiqadi va shu bilan zagotovka tayyorlashdan boshlab yaxlit mahsulotni yig’ishgacha bo’lgan texnologik jarayonlar bosqichlarini belgilab beradi. Texnologik loyihalash ishlari tugatilishi bilan ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga o’tiladi: tipaviy texnologik jarayonlar tanlanadi yoki ular yangidan ishlab chiqiladi: masalan, zagotovkalarni quyish yoki shtamplash bilan olish, mexanik ishlov berish usullari bilan detallarni tayyorlash, termik yoki kimyoviy-termik ishlov berish usullari bilan detallarni mustahkamlash, mos jihozlarni tanlash kabi to’liq texnologik jarayon elementlari vaqt, informatsion va iqtisodiy bog’lanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlanadigan detallarning ishlatilishi bilan bog’liq barcha o’ziga xosliklar hisobga olinadi. Avtomobildek murakkab mashinani tayyorlashning konstruktorlik va texnologik bosqichlari orasidagi bog’lanishni tahlil qilish bilan quyidagi o’ziga xoslik aniqlanadi. Konstruktor parametrning maqbul qiymatini (masalan, shesternya tishi o’zagining qattiqligi) aniqlash bilan uning o’zgarish intervalini qisqartirishga intiladi, texnolog esa, jihoz texnologik imkoniyatlarini qo’llanilayotgan material xususiyatlarini hisobga olgan holda, aksincha ushbu intervalni kengaytirishga harakat qiladi. Puxtalashdagi parametr qiymatining o’zgarish intervali (qattiqlik, puxtalangan qatlam qalinligi va b.) qancha katta bo’lsa, qo’llanilayotgan material xususiyatlari va detallar resurslarining sochilishi (dispersiyasi) shuncha katta bo’ladi. Avtomobildan foydalanishda bu holat unga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash sarflarining ortishiga olib keladi, statistikaga ko’ra avtomobilga texnik xizmat ko’rsatishga, uni tayyorlashdagiga nisbatan 9 baravar ko’proq mablag’ sarf bo’lar ekan.. Bundan tashqari, avtomobil egalari texnikalarining to’xtab qolganidan zarar ko’radilar. Konstruktor va texnologning hamkorlikdagi ishida termik puxtalashdan keyin detalning mustahkamligi va umrboqiyligi texnik hujjatlashtirishda keltirilgan darajagacha borib yetmasligi bilan bog’liq vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Sabablar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, detalni loyihalash bosqichida uning puxtalash parametrlari (masalan, sementatsiya va nitrosementatsiya qilingan tishli g’ildiraklar uchun o’zak qattiqligi, samarali qatlam qalinligi, sirt qattiqligi) noto’g’ri tanlashi mumkin. Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, bunda hujjatlashtirishga mos keluvchi turlicha ko’rsatkichlarni umumlashtirishda ulardan har-birining muhimligi hech qanday shubha uyg’otmaydi, ammo negadir detallar umrboqiy bo’lmaydi. Konstruktorlar va texnologlarning vazifasi birikuvchi detallar hisoblarga mos keluvchi sharoitlarda ishlashi, birikmadagi haqiqiy yuklanish ushbu detallar sirt qatlamlari mustahkamligini xarakterlovchi parametrlar qiymatlaridan doimo kichik bo’lishi uchun zarur bo’ladigan barcha ishlarni qilishdan iborat. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling