Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Download 236.49 Kb.
bet6/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turlicha konstruksiya va o’lchamlarga ega bo’lib, ular umuman takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning o’rtasida bo’lib, oraliq xarakterga ega bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalar, mahsulotlar esa seriyalar ko’rinishida tayyorlanadi. Bir partiya (seriya) tarkibidagi detallar (mahsulotlar) tuzilishining, o’lchamlarining va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi. Bir partiyadagi detallar yoki bir seriyadagi mahsulotlar birdaniga tayyorlab olinib, keyin boshqasiga o’tilad.
. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning operatsiyalari differensiatsiyalashgan bo’ladi yoki texnologik jarayon operatsiyalarga bo’lib yuboriladi.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti tayyorlanayotgan mahsulotning ko’pligi sababli doimiy (yil davomida) takrorlanadigan operatsiyalarni bajaruvchi ishchi o’rinlar yig’indisidan iborat.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
a) yalpi oqimli ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanayotgan detallar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi bo’yicha tuzilgan operatsiyalar bo’ylab uzluksiz o’tib boradi. Bunday holda har-bir operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng yoki bo’linuvchi (ko’payuvchi) bo’lishi kerak. Shu talabning o’zi texnologik jarayonni uzluksiz bajarilishini ta’minlaydi.
b) yalpi to’g’ri oqimli ishlab chiqarish sharoitida ham operatsiyalar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi bo’yicha tuziladi, ammo operatsiyalarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng bo’lmaydi. Shu sababli bunday ishlab chiqarish turida ayrim operatsiyalarni bajaruvchi dastgohlar oldida detallarning to’planib qolish holatlari kuzatiladi.


Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari.
Yuqorida ko’rib chiqilgan ishlab chiqarish turlarining barchasi uchun ishlab chiqarishni tashkil qilishning o’ziga xos shakllari mavjud. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda dastgohlarni joylashtirish tartibi alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu o’z navbatida mahsulot turiga, ishlab chiqarish jarayonining murakkabligiga, mahsulot dasturiga va shu kabi boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning quyidagi asosiy shakllari mavjud:


  1. Download 236.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling