Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayon
- Texnologik operatsiya
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda zagotovkadan yoki chala mahsulotdan tayyor mahsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisi tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish, ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi. Texnologik jarayon deganda material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish maqsadida ularning shakli, o’lchamlari va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat jarayon tushuniladi Texnologik jarayon tarkibi. Texnologik jarayonni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalning qaysi sirtlariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi. Ushbu rejada detal sirtlariga ishlov berish usullari keltiriladi. Shu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga bo’linadi, bu qismlarning yig’indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi: texnologik operatsiya; o’rnatish; pozitsiya; o’tish; yurish; harakatlar yig’indisi. Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki bir nechta ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. O’rnatish operatsiyaning bir qismi bo’lib detalning (dastgoh turiga qarab bir nechta detallarning) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan zagotovka uning ishchi organlariga nisbatan stolining aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallashi mumkin. Pozitsiya detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holatidir. Pozitsiyaning o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida sodir bo’ladi. Masalan: ko’p shpindelli ko’p pozitsiyali dastgohlarda. Operatsiya texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, detalning ishlov berilayotgan sirtini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling