Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi yurish
- Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari.
Yordamchi o’tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi.
O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan sirtni doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi. Yordamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu turdagi yurish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo’ladi. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarish dasturining miqdoriga, mahsulotning turiga va ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakkalab); seriyali va yalpi. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishning shakllari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har-bir detalning bir yillik tayyorlash dasturi hisoblanadi: N=ma + n, dona/yil, (1.1) bu yerda: N - detalning bir yillik ishlab chiqarish dasturi; a - bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; n - ehtiyot qismlar soni. Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotning umumiy ko’rinish chizmalari, alohida detallar ishchi chizmalari va birikmalarning yig’ma chizmalari ilova qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, bir korxonaning yoki bir sexning o’zida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, bir xil detal ko’p miqdorda ikkinchi xil detal esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling