Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan usullar


Download 236.49 Kb.
bet3/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’llaniladigan usullar.
Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishning ikki usuli qo’llaniladi: operatsiyalarni differensiatsiyalash va konsentratsiyalash. Differensiatsiyalashgan texnologik jarayon kichik miqdordagi o’tishlardan, oddiy operatsiyalardan tarkib topadi va ular universal dastgohlarda bajariladi. Konsentratsiyalashgan texnologik jarayonda detallarga ishlov berish yuqori samaradorlikni ta’minlovchi, ko’p asbobli dastgohlarda (ko’pkeskichli, ko’pshpindelli va boshqalar) va avtomatik komplekslarda bajariladi. Konsentratsiyalash darajasi ishlab chiqarish dasturining miqdoriga, ishlov berish tabiati, detal o’lchami va massasi, zarur jihozning mavjudligiga bog’liq holda aniqlanadi. Operatsiyalarni konsentratsiyalashda jihozlarni ketma-ket, parallel va qo’shma usullarda qo’llash mumkin. Bunda jihozlar detalning bir nechta sirtiga birdaniga ishlov berishi yoki bitta detalga ishlov beruvchi bir nechta asboblarga ega bo’lishi mumkin. Konsentratsiyalashgan texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zagotovkalarga ishlov beruvchi, turli metall kesish dastgohlari qo’llaniladi: tokarlik, frezalash, yo’nib kengaytirish va jilvirlash dastgohlari; bir va ko’p pozitsiyali agregat avtomatlar va yarimavtomatlar; avtomatik qatorlar. Texnologik jarayonlarni konsentratsiyalashgan operatsiyalar usulida loyihalash va amalga oshirish detallarni tayyorlashning mehnat sarfini va dastgoh vaqti sarfini ko’p marta qisqartirish imkonini beradi, mehnat samaradorligini orttiradi, ishlab chiqarish maydonlarini keskin kamaytiradi, mahsulotning tannarxini pasaytiradi. Oddiy detallar yoki yig’ma birliklar bitta ko’p asbobli dastgohda yoki ko’p pozitsiyali yig’ish mashinasida to’liq tayyorlanishi mumkin. Murakkab detallar va uzellar katta ishlab chiqarish dasturlarida konstruksiyasi va joylashuvi bo’yicha murakkab texnologik komplekslarni qo’llashni talab qiladi. 1-rasmda ko’rsatilgan avtomatik uchastka sxemasi operatsiyalari konsentratsiyalashgan texnologik kompleksga misol bo’la oladi [3]. U ikkita detalga ishlov berish uchun mo’ljallangan: barabanni, stupitsani va ularni boshqa detallar bilan birga yagona uzelga yig’ish. Ushbu uchastkaga kelib tushuvchi detallar 2-rasmda ko’rsatilgan [3]. Barabanlarga ishlov berish ikkita dastgohlar qatorlari 1 va 2 da, stupitsalarga ishlov berish esa – beshta qatorlar 3-7 da va to’rtta ko’p pozitsiyali dastgohlar 8-11 da amalga oshiriladi va shundan keyin yuvish mashinasi 12 ga uzatiladi va bundan keyin yuvish mashinasi 16 va bunkerlari 17 (to’ldiruvchi detallar) hamda uchta yig’ish qatorlari 13-15 lardan tarkib topgan yig’ish uchastkasiga uzatiladi. Bunday kompleks avtomatik tizimlar har 10-15 s da tayyor mahsulot chiqarish imkoniga ega. Ular konsentratsiyalashgan operatsiyalar usuli bo’yicha tuzilgan ishlab chiqarish sharoiti uchun xarakterlidir.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling