CAE (computer aided engineering) – mahsulotlarni loyihalash uchun hisoblash tizimlari;
CAPP (computer aided process planning) – mahsulotlarni tayyorlash texnologik jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari
CAM (computer aided manufacturing) – dastgohlar va dastgohlar tizimlari raqamli boshqarish uchun zarur bo’lgan raqamli ma’lumotlarni hosil qilish tizimlari;
CAR-systems (computer aided robotics) – robotlar bajaruvchi operatsiyalarni grafik modellashtirishni amalga oshiruvchi, robototexnikani boshqarish tizimlari;
CAQ-systems (computer aided quality assurance and management) – ishlab chiqariluvchi mahsulot sifatini ta’minlash tizimlari.
CAT-systems (computer aided testing) – elektr va elektron boshqarish tizimlarini nazorat qilish tizimlari;
DMU (digital mock-up) – CAD-tizimlarga qo’shimcha tizim. U CAD-tizim uchun uch o’lchamli fazoda, virtual tarzda mahsulotning strukturasi (tuzilishi) ni hosil qiladi;
RPT (rapid prototyping technologies) – mahsulotning raqamli modeli asosida fizik prototipni tezkor tayyorlash tizimlari;
FEA-systems (fiite element analysis) – yakuniy elementlar metodiga asoslanuvchi, murakkab fazoviy konstruksiyalarni tahlil qilishda mustahkamlikka hisoblashni bajarishga va ularning elementlarida kuchlanishlarning taqsimlanishini baholashga imkon beruvchi tizimlar;
MBS-systems (multi body simulation) – mexanik tizimlarning harakatdagi ishihi (xususan, mahsulotlarni yig’ishda) bayon qilish, tahlil qilish va modellashtirish tizimlari;
PDM-systems (product data management) – mahsulot to’g’risidagi axborotlar oqimini, loyihalash jarayonlarini, texnik hujjatlashtirishni boshqarishni, korxonalarning rivojlanish jarayonlarida real ishlab chiqarish oqimlarini kuzatish, ishlab chiqarish samaradorligini orttirish maqsadida uni boshqarish tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |