Tezkor prototiplash (RPT). Lazerli-kompyuterli maketlashtirish usullari.
LKM uchta asosiy masalani yechish uchun qo’llaniladi:
loyihalangan detallarning ishlash imkonini baholash, dizaynini maromiga yetkazish va konstruksiyaga zaruriy o’zgarishlarni kiritish uchun ularning prototiplarini tezkor tayyorlash;
quymalarni, plastmassadan mahsulotlarni, kompozitsion materiallarni va kukunlarni olishda foydalaniladigan texnologik aslahalarni tayyorlash uchun master-modellarni tayyorlash;
kichik seriyali, juda murakkab detallarni ishlab chiqarish uchun quyish modellarini tayyorlashda (yondiriluvchi modellar bo’yicha quyish usuli uchun).
Barcha shunday texnologiyalar uchun ish ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi (1.9-rasmga q.):
kompyuter va avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) yordamida bo’lajak mahsulotning hajmiy virtual modeli hosil qilinadi, bunda model dekompositsiya dasturi bilan yupqa ko’ndalang qavatlarga ajratiladi;
kompyuterda qavatlarning konturlarini bayon qiluvchi boshqaruvchi buyruqlar tayyorlanadi va ular zaruriy mahsulotning prototipini tayyorlash uchun lazerli-kompyuterli maketlashtirish texnologik qurilmasining boshqarish tizimiga uzatiladi;
qurilmaning ishchi organi (lazer) kompyuter buyrug’i bo’yicha ishlov berilayotgan materialni qavatma-qavat aylanib chiqadi va sodir bo’luvchi fizik-kimyoviy jarayon (polimerlashish yoki destruksiya) natijasida mahsulotni shakllantiradi, bunda qavatlar o’zaro zich birikadi
Ishlov berilayotgan detalning sirtlari va bazalari.
Detallarni dastgohlarda o’rnatib ishlov berishda quyidagicha sirtlar va bazalar farqlanadi:
a) ishlov berilayotgan sirtlar, bunday sirtlardan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagi metall kesib tashlanadi;
b) baza sirtlari (bazalar), bunday sirtlar ishlov berish jarayonida detalning holatini belgilaydi;
v) mahkamlash paytida qisish kuchini qabul qiluvchi sirtlar;
g) ishlov berishda ta’minlanuvchi o’lchamlar uchun o’lchov boshi sirtlari (o’lchov bazalari);
d) ishlov berilmaydigan sirtlar.
Baza vazifasini sirtlar chiziqlar, nuqtalar va ularning yig’indisi bajarishi mumkin.
Mashinasozlik texnologiyasida bazalar mo’ljallanishi bo’yicha texnologik baza, yig’ish bazasi va konstruktiv baza deb farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |