Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Tezkor prototiplash (RPT)


Download 236.49 Kb.
bet10/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Tezkor prototiplash (RPT). Lazerli-kompyuterli maketlashtirish usullari.
LKM uchta asosiy masalani yechish uchun qo’llaniladi:

  • loyihalangan detallarning ishlash imkonini baholash, dizaynini maromiga yetkazish va konstruksiyaga zaruriy o’zgarishlarni kiritish uchun ularning prototiplarini tezkor tayyorlash;

  • quymalarni, plastmassadan mahsulotlarni, kompozitsion materiallarni va kukunlarni olishda foydalaniladigan texnologik aslahalarni tayyorlash uchun master-modellarni tayyorlash;

  • kichik seriyali, juda murakkab detallarni ishlab chiqarish uchun quyish modellarini tayyorlashda (yondiriluvchi modellar bo’yicha quyish usuli uchun).

  • Barcha shunday texnologiyalar uchun ish ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi (1.9-rasmga q.):

  • kompyuter va avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) yordamida bo’lajak mahsulotning hajmiy virtual modeli hosil qilinadi, bunda model dekompositsiya dasturi bilan yupqa ko’ndalang qavatlarga ajratiladi;

  • kompyuterda qavatlarning konturlarini bayon qiluvchi boshqaruvchi buyruqlar tayyorlanadi va ular zaruriy mahsulotning prototipini tayyorlash uchun lazerli-kompyuterli maketlashtirish texnologik qurilmasining boshqarish tizimiga uzatiladi;

  • qurilmaning ishchi organi (lazer) kompyuter buyrug’i bo’yicha ishlov berilayotgan materialni qavatma-qavat aylanib chiqadi va sodir bo’luvchi fizik-kimyoviy jarayon (polimerlashish yoki destruksiya) natijasida mahsulotni shakllantiradi, bunda qavatlar o’zaro zich birikadi

Ishlov berilayotgan detalning sirtlari va bazalari.
Detallarni dastgohlarda o’rnatib ishlov berishda quyidagicha sirtlar va bazalar farqlanadi:
a) ishlov berilayotgan sirtlar, bunday sirtlardan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagi metall kesib tashlanadi;
b) baza sirtlari (bazalar), bunday sirtlar ishlov berish jarayonida detalning holatini belgilaydi;
v) mahkamlash paytida qisish kuchini qabul qiluvchi sirtlar;
g) ishlov berishda ta’minlanuvchi o’lchamlar uchun o’lchov boshi sirtlari (o’lchov bazalari);
d) ishlov berilmaydigan sirtlar.
Baza vazifasini sirtlar chiziqlar, nuqtalar va ularning yig’indisi bajarishi mumkin.
Mashinasozlik texnologiyasida bazalar mo’ljallanishi bo’yicha texnologik baza, yig’ish bazasi va konstruktiv baza deb farqlanadi.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling