Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Download 236.49 Kb.
bet26/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Nafis (olmosli) yo‘nish. Nafis (olmosli) yo‘nish, asosan rangli metallar va ularning qotishmalaridan (bronza, latun, alyuminiy qotishmalari va h.k.) va qisman cho‘yan va po‘latdan tayyorlangan detallarni pardozlashda qo‘llaniladi. Buning sababi shundan iboratki, rangli metallarni jilvirlash, po‘lat va cho‘yanga nisbatan juda ham qiyin, chunki unda jilvir doira tezda ifloslanib qoladi, ya’ni, jilvir zarralarining orasi mayda plastik qirindilar bilan tez to‘lib qoladi. Bundan tashqari olmosli keskichlar yordamida cho‘yan va po‘latdan tayyorlangan detallarga ishlov berish rangli metall va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallarga ishlov berishga nisbatan samarasizroqdir.
Nafis yo‘nishda olmosli keskichlar yoki qattiq qotishma bilan jihozlangan keskichlarda ishlov beriladi.
Kesish tezligi ishlov beriladigan materialga qarab 100 dan 1000 m/min gacha va undan ham yuqori bo‘ladi, bronzadan tayyorlangan detallarni yo‘nishda kesish tezligi 200-300 m/min, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallar uchun 1000 m/min va undan ham yuqori bo‘ladi, bunda surish 0,03-0,1 mm/ayl va kesish chuqurligi 0,05-0,1 mm bo‘ladi.
Nafis yo‘nishda jilvirlashga nisbatan samaradorlik yuqori bo‘ladi.
Jilvirlash. Jilvirlash tashqi silindrik sirtlarni pardozlashning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi.
Quyma va shtampovkalarni olishning zamonaviy usullari zagotovka o‘lchamlarini va shaklining tayyor detal o‘lchamlari va shakliga yaqin olish imkonini beradi. Bunday zagotovkalarda mexanik ishlov berish uchun qoldirilgan qo’yim, ko‘pincha, tig‘li asboblarda ishlov berib o‘tirmasdan, birdaniga jilvirlash orqali yakuniy ishlov berish va shu usulda detalning yakuniy aniq o‘lchami va kerakli sirt g‘adir-budirligiga erishish mumkin bo’ladi.
Tashqi silindrik sirtlarni jilvirlashning quyidagi turlari mavjud:
a) dag‘al jilvirlash;
b) aniq jilvirlash;
v) nafis jilvirlash.
Dag‘al jilvirlash tig‘li asboblarda dastlabki ishlov berishning o‘rniga qo‘llaniladi.
Aniq jilvirlash eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, yuqori aniqlikka va past g‘adir-budirlikka ega bo‘lgan sirtlarni jilvirlashda qo‘llaniladi.
Nafis jilvirlash eng yuqori aniqlikka va eng past g‘adir-budirlikka ega bo‘lgan sirt hosil qilishda qo’llaniladi.
Nafis jilvirlash yumshoq mayda donali jilvir toshlarning katta aylanma tezliklarida (40 m/sek dan yuqori) va ishlov beriladigan detalning kichik aylanma tezligida (10 m/min gacha) va kichik kesish chuqurligida (5 mkm gacha) olib boriladi; jilvirlashda ishlov beriladigan detal jadal sovutib turiladi.
Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling