Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Mexanik ishlov berish uchun qo’yim haqida tushuncha
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik usul
- Vaqt me’yori
Mexanik ishlov berish uchun qo’yim haqida tushuncha.
Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko’rsatkichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash zagotovkadan ma’lum bir qalinlikdagi metall qatlami - qo’yimni kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib qo’yim – bu zagotovkaga mexanik ishlov berish jarayonida talab etilgan o’lchamlarni ularning og’ishlari doirasida va sirt g’adir-budirligini ta’minlash maqsadida kesib tashlanadigan metall qatlamidir. Detal chizmasida ko’rsatilgan o’lchamlarning og’ishlariga va sirt g’adir-budirligiga qo’yilgan talab qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p marta texnologik o’tishlarni bajarish zarur bo’ladi. O’z navbatida har bir texnologik o’tish uchun qo’yimlar miqdori hisoblanadi. Detal sirtining talab etilgan tozaligini va aniqligini ta’minlash maqsadida har bir texnologik o’tishda olib tashlangan qo’yimlarning yig’indisi shu sirt uchun umumiy qo’yim miqdorini tashkil qiladi. Qo’yimlar miqdori analitik usulda va jadvallardan tanlash usuli yordamida aniqlanadi. Analitik usul bilan qo’yimlar miqdori aniq hisoblanadi va bu usulda quyidagi formulalardan foydalaniladi. Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari. Texnik me’yorlash deganda ma’lum bir ishni bajarish uchun sarflangan vaqt me’yorini aniqlash tushuniladi. Vaqt me’yorini to’g’ri belgilash ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega. Ishni bajarish uchun sarflangan vaqt birligi texnologik jarayonni qay darajada takomillashganligini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Vaqt me’yori texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlar, kesuvchi asboblarning imkoniyatlaridan to’liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo’yilgan texnik shartlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Mashinasozlikda vaqt me’yorini belgilash metall kesish dastgohlarida bajariladigan alohida operatsiya uchun sarflangan vaqtni yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. Shunday qilib texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma’lum bir tashkiliy-texnik sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg’or usullar yordamida samarali foydalanib, texnologik jarayon operatsiyasini bajarish uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Vaqt me’yorini o’rnatishda quyidagi shartlarni hisobga olish zarur: Ish ma’lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur; Ushbu ishni bajarish uchun eng samarali moslama va asboblar qo’llanilishi zarur; Optimal kesish ma’romlari tanlanishi kerak, ko’p keskichli dastgohlar va shu kabi yuqori samaradorlikka ega usullardan foydalanish zarur; Mexanik ishlov berish uchun qo’yimlar miqdori to’g’ri belgilanishi kerak; Vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo’lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak; Vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to’g’rilash va ularni o’rniga boshqasini tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi; Ishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida ish o’rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo’yilishi zarur; Kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo’lishi zarur; charxlangan kesuvchi asbob ish o’rniga tayyor holda uzatiladi; Vaqt me’yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo’yicha to’xtashlar uchun va boshqa ko’rinishdagi uzilishlar uchun sarflangan vaqt kirmaydi; Vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur. Texnik vaqt me’yori ishchining ish haqini belgilashda va mahsulotning tannarxi kalkulyasiyasini tuzishda asosiy omillardan biridir. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling