Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Sirt g’adir-budirligini baholash usullari
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zagotovkalar turlari.
Sirt g’adir-budirligini baholash usullari.
Sirtning g’adir-budirligi, mikronotekisligi turli xil asboblar yordamida o’lchash usuli bilan baholanadi. Bunday asboblarga profilometr, profilograf va optik asboblar kiradi. Profilometrni ishlash prinsipi olmosli igna bilan sirtni silab ko’rishga asoslangan. Olmosli igna sirt bo’ylab harakat qilganida sirtning relyefiga mos ravishda o’z o’qiga nisbatan tebranadi. Bu tebranishni chastotasi va amplitudasi sirt notekisligiga mos keladi. Asbobning elektrik qurilmasi og’ishning o’rtacha kvadratik qiymatini ko’rsatadi. Bu natija profilning o’rta chizig’iga nisbatan olinadi. Profilograf ham sirtni silab o’tishga asoslangan, bu holda ham olmos ignadan foydalaniladi. Bu asbob optik-mexanik asbobdir. Optik qurilma yordamida sirt profili fotolentaga yoziladi. Ishlab chiqarish sharoitida g’adir-budirliklar namunasidan keng foydalaniladi. Buning uchun ishlov berilgan sirt namuna bilan taqqoslab ko’rilib uning tozalik sinfi aniqlanadi. Namunalar to’plami, etalonlar mexanik ishlov berishning turli xil usullari uchun tayyorlanadi (yo’nish, frezalash, jilvirlash va h.k.). Bu usulda aniq baholash uchun mikroskoplardan Zagotovkalar turlari. Mashina detallari uchun zagotovkalar quyidagi turlarda bo’lishi mumkin: cho’yan, po’lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar; bolg’alangan va shtamplangan zagotovkalar (pokovka va shtampovka); po’latdan sovuq va issiq prokatlash usullari yordamida tayyorlangan prokatlar va rangli metall prokatlari. Zagotovkaning turi uning materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va mashinalarda yig’ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Shakldor detallar ishlash jarayonida cho’zilish va egilish ta’sirida bo’lmasa, odatda, cho’yanlardan quyib tayyorlanadi. Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga, buralishga ishlovchi va ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq katta bo’lgan detallarning zagotovkalari tayyorlanadi. Bolg’alash usuli bilan yirik o’lchamli detallar zagotovkalari donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik o’lchamli detallar uchun zagotovkalar tayyorlanadi. Shtamplangan zagotovka shtamplar ornatilgan presslarda bolg’alash bilan olinadi. Shtamplangan zagotovka metalining strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shtamplangan zagotovkaning shakli detal shakliga juda yaqin bo’lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmaydi (detallarning ayrim sirtlari nazarda tutilmoqda). Bu o’z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg’alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchining malakasi ham bolg’alashdagiga nisbatan past bo’lishi mumkin. Shtamplash seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida afzal hisoblanadi. Kesimi doiraviy, kvadrat, olti burchakli shaklda bo’lgan prokatlar konstruksiyasi tegishlicha mos shakllardagi shakllarga yaqin bo’lgan detallar zagotovkalarini tayyorlashda qo’llaniladi. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling