Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Mashina detallari sirtlari sifatining ahamiyati


Download 236.49 Kb.
bet17/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Mashina detallari sirtlari sifatining ahamiyati.
Detal sirtining sifati uning ishlash sharoitida juda muhim ahamiyatga ega. Detalning yeyilishga chidamliligi uning sirt sifatiga bog’liq bo’ladi. Sifat o’z navbatida makrogeometriya, to’lqinsimonlik va g’adir-budirlik bilan xarakterlanadi.
Agarda detal sirti makronotekis va to’lqinsimon bo’lsa yeyilish ham notekis bo’ladi. Bunday hollarda avval ko’tarilib chiqqan sirtchalar yeyiladi. Agarda sirt g’adir-budirligi katta bo’lsa yuqoridagi jarayon yanada jadallashadi.
Qo’zg’almas birikmalar sifati. Bunday birikmalar sifatli ishlashi va yeyilishga chidamli bo’lishi uchun ularning detallari sirtlari yuqori tozalikka ega bo’lishi kerak.
Detalning mustahkamligi. Sirtning sifati detalning mustahkamligini bevosita belgilovchi omil sanaladi. Sirt g’adir-budirligi kichik bo’lsa materiallarning charchash mustahkamligi ortadi va mikroyoriqchalar hosil bo’lish jarayoni susayadi. Qoldiq kuchlanishlarning ta’siri kamayadi.
Korroziyaga qarshilik. Detallarda korroziya turli gazlar, suyuqliklar va atmosfera ta’sirida sodir bo’ladi. Detal sirti qancha g’adir-budir bo’lsa shu oraliqlarga yuqoridagi jinslar ko’p miqdorda kirib olib, korroziyani jadallashtiradi.
Bundan tashqari, sirt sifati detalning boshqa xususiyatlarini ham belgilaydi. Masalan, tozalik, dekorativ ko’rinish, birikmalarning zich bo’lishi, o’lchov asboblarining aniq ishlashini ta’minlash va shu kabilar.
Sirt g’adir-budirligini belgilovchi ko’rsatkichlar.
Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan g’adir-budirlk deganda nisbatan kichik qadamlar bilan takrorlanuvchi va sirt relyefini hosil qiluvchi notekisliklar yig’indisi tushuniladi. G’adir-budirlik bazaviy uzunlik doirasida baholanib, uzunlikning kattaligi sirtning turiga bog’liq bo’ladi.
Bazaviy uzunlik S ning kattaligi 0,01 dan 25 mm gacha bo’ladi. Texnologik mashinalar va jihozlar detallarining sirtlari g’adir-budirligini o’rganish uchun amaliyotda ikkita ko’rsatkich Ra va Rz yetarli deb hisoblaymiz.
Ra - sirt profilining o’rtacha arifmetik og’ishi bo’lib, og’ishlar absolyut miqdorlari h ning o’rta arifmetik qiymatiga teng va bazaviy uzunlik chegarasida o’lchanadi

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling