Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Aylanma jismlarga ishlov berish


Download 236.49 Kb.
bet25/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Aylanma jismlarga ishlov berish.
Aylanma jismlar. Aylanma jism shakliga ega bo‘lgan detallarni uch sinfga bo‘lish mumkin: vallar, vtulkalar va disklar.
"Vallar" sinfiga vallar, valiklar, o‘qlar, barmoqlar, sapfalar va shunga o‘xshash detallar kiradi. Bunday detallar silindrik, ba’zida konussimon va bir nechta toresli sirtlarning tashqi aylanma sirtlaridan hosil bo‘ladi.
"Vtulkalar" sinfiga vtulkalar, ichqo‘ymalar, gilzalar va shunga o‘xshash detallar kiradi. Bunday detallar tashqi va ichki silindrik sirtlari mavjudligi bilan xarakterlanadi.
"Disklar" sinfiga disklar, shkivlar, maxoviklar, halqalar, flaneslar va shunga o‘xshash detallar kiradi, ya’ni, ularning diametri uzunligidan bir necha barobar katta va demak, tores sirti katta bo‘ladi.
Ko‘pincha vallar prokatdan tayyorlanadi. Bu sinfga kiradigan boshqa detallar pokovka, shtampovka va ayrim hollarda quyma usulida olinadi. Prokat materiallar kichik va katta (150-200 mm) diametrli vallar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Silliq vallarning zagotovkalari uchun tayyor val diametriga yaqin diametrli prokat olinadi (ya’ni, mexanik ishlov berish uchun minimal ruxsat etilgan qo‘yim qoldirgan holda).
Pog‘onali vallar uchun, ayniqsa yalpi ishlab chiqarishda zagotovkalar shtamplash usuli bilan olingani maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bunda kamroq qirindi hosil bo‘ladi.
Val va aylanma jism shakliga ega bo‘lgan boshqa detallarning zagotovkalarini yo‘nishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: dastlabki yo‘nish, yarim toza yo‘nish, toza yo’nish va nafis yo‘nish.
Yuqorida ko‘rsatilgan detallarni turli dastgohlarda: tokarlik-vint qirqish, tokarlik-revolverli, ko‘pkeskichli, tokarlik-karusel, bir va ko‘p shpindelli tokarlik yarim avtomat va avtomatlarda ishlov beriladi.
Zagotovka yo‘nishda qo‘yimning katta qismi olinadi, ishlov berish katta kesish chuqurligida surishning katta qiymatida bajariladi
Ko‘p keskichli tokarlik dastgohlarida ishlov berish.
Tokarlik ishlov berishda operatsiyalarni konsentratsiyalash prinsipi bir paytda bir nechta sirtga ko’p sonli keskichlar yordamida ko‘p keskichli dastgohda ishlov berish orqali amalga oshiriladi. Bunday yarim avtomat dastgohlar seriyali va yalpi ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Odatda, ko‘p keskichli dastgohlar ikkita oldingi va bitta ketingi supportga ega. Oldingi support ko‘ndalang hamda bo‘ylama harakatga ega bo‘lib, val va aylanma jismli boshqa detallarni bo‘ylama yo‘nish uchun xizmat qiladi. Ketingi support faqat ko‘ndalang harakatga ega bo‘lib, toresni yo‘nish, ariqchalar kesish, shakldor yo‘nish uchun xizmat qiladi. Ko‘p o‘rinli supportlar 20 tagacha keskich bilan jihozlanishi mumkin. Markazlari orasidagi masofasi katta bo‘lgan ko‘p keskichli dastgohlar ikkita oldingi va ikkita ketingi supportga ega bo‘ladi. Supportlarning harakati avtomatlashtirilgan: ishlov berish tugaganidan keyin supportlar boshlang‘ich holatiga avtomatik ravishda qaytadi. Dastgoh ham avtomatik ravishda o‘chadi, ishchi faqat zagotovkani o‘rnatadi, uni dastgohdan bo‘shatadi va dastgohni yurgizadi.
Ko‘p keskichli dastgohlarda detallarni markazlarga, opravkalarga yoki patronlarga o‘rnatib ishlov beriladi.
Ko‘p keskichli dastgohlarda asosiy va yordamchi vaqtning qisqarishi natijasida mehnat sarfi va dastgohda bajariladigan ishlar hajmi keskin kamayadi.
Tashqi silindrik sirtlarni pardozlashning turlari va usullari.
Aniq va toza, yakuniy pardozlangan tashqi silindrik sirt hosil qilish uchun detalga qo‘yilgan texnik talabga qarab, turli ko‘rinishdagi pardozlash ishlari bajariladi.
Ularga quyidagilar kiradi: nafis (olmosli) yo‘nish, jilvirlash (markazlarda, markazsiz, abraziv tasma yordamida), ishqalash (o‘lchamiga yetkazish), tebranuvchi qayroqtoshlar yordamida mexanik o‘lchamiga yetkazish (superfinish), yaltiratish, roliklarni dumalatish va boshqalar.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling