Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Kesish ma’romlarini aniqlash


Download 236.49 Kb.
bet23/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
JAvoblar birt

4. Kesish ma’romlarini aniqlash


Kesish ma’romlarini aniqlashga kirishishdan avval detalning ishlov beriladigan sirtlarining o’lchamlarini hisoblab olish zarur. Bu o’lchamlardan kesish tezligi va vaqt me’yorini hisoblashda foydalaniladi.
Kesish ma’romlarini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar quyidagilar:

  1. Ishlov beriladigan detal to’g’risidagi ma’lumotlar (ishchi chizmasi, ishlov berish bo’yicha texnik shartlar), zagotovka materiali, shakli, o’lchamlari, o’lchamning dopusklar maydoni, to’g’ri geometrik shakldan og’ishlar chegarasi (ovalsimonlik, konussimonlik va h.k.), ishlov berilayotgan sirt tozaligi va o’lcham aniqligi, sirtlarning o’zaro joylashish aniqligi;

  2. Zagotovka to’g’risidagi ma’lumot: zagotovkaning turi va uni olish usuli, qo’yimlar miqdori va turi: sirtning holati;

  3. Metall kesish dastgohining pasporti.

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda kesish ma’romlarini hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Kesish chuqurligi - t tanlanadi, bu kattalik qo’yimlar hisobidan keltiriladi.

  2. Kesuvchi asbob tanlab olinadi. Uning materiali, geometrik va konstruktiv parametrlari va standarti (maxsus bo’lmasa) ko’rsatiladi.

  3. Surishlar qiymati aniqlanadi. Surishlar miqdori – s detalning o’lchamlari, turi va kesish chuqurligiga bog’liq ravishda qabul qilinadi. Surishning qabul qilingan qiymati dastgoh pasporti bilan moslashtiriladi, ya’ni, dastgoh bo’yicha kichik va yaqin miqdori qabul qilinadi.

  4. Kesuvchi asbobning turgunlik davri tanlanadi. Kesuvchi asbobning turgunlik davri - T uning turiga, o’lchamlariga va ishlov berish xarakteriga bog’liq bo’ladi.

  5. Kesish tezligi aniqlanadi. Kesish tezligini aniqlashda ishlov berilayotgan material, ishlov berish xarakteri, kesish chuqurligi, kesuvchi asbobning turi, surish qiymati hisobga olinadi. Hisoblab topilgan yoki jadvallardan qabul qilingan kesish tezligi asosida dastgoh shpindelining aylanishlar soni topiladi. Bu kattalik uzatishlar miqdori kabi dastgoh pasporti bo’yicha moslanadi.


  6. Download 236.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling