Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Mexanik ishlov berish rejasi
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi asboblar va o’lchov asboblarini tanlash.
Mexanik ishlov berish rejasi.
Mashina detallari sirtlariga mexanik ishlov berish rejasi ularni tayyorlashning eng ma’qul variantini tuzishdan iborat. Reja mexanik ishlov berishning har-bir qismini o’zida mujassamlashtirishi zarur: operatsiyalar ketma-ketligi, ularning tarkibi va bajarish tartibi. Mexanik ishlov berish rejasini tuzishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: birinchi navbatda detalning shunday sirtlariga ishlov berish kerakki, qaysiki ular boshqa operatsiyalarda o’rnatish bazasi bo’lib xizmat qilsin; keyingi navbatda eng katta metall qatlami kesib tashlanishini zarur bo’lgan sirtlarga ishlov beriladi, chunki shu holda zagotovkadagi mavjud ichki nuqsonlar aniqlanadi; mexanik ishlov berishning murakkabligi yoki materialning xususiyatiga bog’liq ravishda nuqson kutilayotgan operatsiyalar bajariladi; keyinchalik bajariladigan operatsiyalar talab qilinayotgan aniqlik va sirt tozaligiga bog’liq ravishda olib boriladi. Shu nuqtai nazardan, o’lcham qancha aniq va sirt qancha toza bo’lsa shuncha kech ishlov beriladi. Agar tozaligi yuqori sirtga avval ishlov berib olinsa va bu sirt keyinchalik o’rnatish yoki mahkamlash sirti bo’lib xizmat qilsa, u holda bu sirtning o’lcham aniqligi va sifati buzilishi mumkin. eng yuqori aniqlik va sirt tozaligiga ega bo’lgan sirtlarga ishlov beriladi. Agar bunday sirtlarga avval ishlov berilgan bo’lsa yana qaytadan ishlov beriladi. qora va toza ishlov berish bitta dastgohda olib borilsa, ishlov berish aniqligi pasayadi. Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi asboblar va o’lchov asboblarini tanlash. Mexanik ishlov berish rejasi tuzilganida operatsiya qaysi dastgohda bajarilishi ko’rsatilib o’tiladi. Uning modeli va texnologik imkoniyatlari keltiriladi. Xuddi shuningdek o’lchamlari, quvvati, samaradorligi, narxi ham keltiriladi. Dastgohlarning modeli asosan ishlab-chiqarish turiga qarab belgilanadi. Masalan, donali ishlab-chiqarishda universal, yalpi ishlab-chiqarishda maxsus, avtomatlashtirilgan, agregat dastgohlardan foydalaniladi. Texnologik moslamalar ham dastgohlar kabi ish samaradorligini ta’minlash maqsadida ishlab-chiqarish turiga qarab tanlanadi. Donali ishlab-chiqarishda dastgohni o’zidagi moslamalardan foydalanilsa, yalpi ishlab-chiqarishda maxsus moslamalar qo’llaniladi. Kesuvchi asboblar ham o’z navbatida ishlab chiqarish dasturi ortishiga qarab maxsuslashib boradi. Buning asosiy sabablari bilan biz siz bilan avvalgi paragrafda tanishib chiqdik. Xuddi shu kabi o’lchov asboblarining standartlashgan universal turlari donali ishlab chiqarishda qo’llanilsa, yalpi ishlab-chiqarishda maxsus chekli kalibrlar, indikatorli qurilmalar va nazorat moslamalaridan foydalaniladi. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling