Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Ishchining malakasini aniqlash


Download 236.49 Kb.
bet21/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Ishchining malakasini aniqlash.
Vaqt me’yorini aniqlashda ishchining malakasi ham belgilanadi. Ishchining malakasini belgilashda ishlab chiqarish tarmog’iga binoan malakaviy-tarif ma’lumotlariga tayaniladi.
Ishni bajarish uchun qancha boy tajriba va bilim talab qilinsa, ishchining malakasi shuncha yuqori bo’ladi.
Donali ishlab chiqarishda dastgohni sozlash, kesuvchi asbobni o’rnatish, o’lchov asboblaridan foydalanish talab etilganligi sababli yuqori malakali ishchi ishlaydi.
Yalpi ishlab chiqarish sharoitida aksariyat ishlar mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganligi sababli hamda dastgohni va kesuvchi asbobni sozlovchi ishchi tomonidan sozlanishi, yuqori malakali ishchi talab etilmaydi.
Ishchilarga ish haqini belgilashda birinchi toifa asos qilib olinadi. Qolgan toifalar bo’yicha ish haqini belgilashda birinchi toifaga miqdorini tarif koeffitsiyentiga ko’paytiriladi.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun har bir detalning yillik ishlab-chiqarish dasturi asos bo’ladi. Xuddi shuningdek, detalning ishchi chizmasi, uning tayyorlash bo’yicha texnik shartlar ham texnologik jarayonni loyihalash uchun dastlabki ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.
Detalning ishchi chizmasida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:
a) zagotovka turi;
b) zagotovka materiali va markasi;
v) ishlov beriladigan sirtlar;
g) sirlar tozaligi to’g’risida ma’lumot (shartli belgilar yordamida);
d) ishlov berish aniqligi va dopusklar maydoni;
e) termik ishlov berish turi.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarni loyihalashda quyidagi asosiy masalalar hal qilinadi:
a) texnologik jarayonni bajarish uchun ishlab-chiqarish turi va ishni tashkil qilish shakli belgilanadi;
b) partiyadagi detallar soni aniqlanadi yoki ishlab-chiqarish takti o’rnatiladi;
v) zagotovka turi va uni olish usuli va o’lchamlari aniqlanadi.
g) detal sirtlariga mexanik ishlov berish ketma-ketligi, rejasi tuziladi.
d) metall kesish dastgohi, kesuvchi asbob va moslamalarning turi, texnik ko’rsatkichlari aniqlanib, belgilangan ishni bajarish uchun ularning soni topiladi;
e) ishlov beriladigan sirtlarni o’lchamlari hisoblanadi (qo’yim miqdori hisoblanadi);
j) kesish ma’romlari hisoblanadi;
z) operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt me’yorlari belgilanadi;
i) ishchining malakasi aniqlanadi;
k) loyihalangan texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi;
l) texnolgik jarayoning hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Ko’rib chiqilgan masalalarning aksariyat qismini biz avvalgi mavzulardan urgandik. Shuning uchun ularning ayrimlari ustida to’xtab utamiz.



Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling