Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Vaqt me’yorini aniqlash usullari


Download 236.49 Kb.
bet20/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Vaqt me’yorini aniqlash usullari. Texnik vaqt me’yorini aniqlash alohida operatsiyani bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarflangan vaqtni hisoblash asosida olib boriladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi.
Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab chiqarish xarakteriga bog’liq bo’ladi. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir hatti-harakat hisobga olinsa, seriyali ishlab chiqarish sharoitida hatti-harakatlar guruhi hisobga olingan holda hisoblash olib boriladi. Donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida vaqt me’yori namunaviy texnologik jarayonlar va operatsiyalar bilan taqqoslash usuli bilan aniqlanadi.


Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi.
Bir dona detalni tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quyidagicha bo’ladi:
a) asosiy yoki texnologik vaqt;
b) yordamchi vaqt;
v) ish joyiga xizmat ko’rsatish uchun sarflangan vaqt;
g) tanaffuslar, shaxsiy ehtiyojlar uchun va dam olish uchun vaqt.
Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi.
Bundan tashqari, tayyorlash-yakunlash vaqti ham mavjud bo’lib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog’liq bo’lmaydi.
Shunday qilib, donaviy-kalkulyasiya vaqti asosiy va tayyorlash vaqtlarining yig’indisiga teng bo’ladi.
Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarflangan vaqt bo’lib ma’lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog’liqdir.
Yordamchi vaqt quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) dastgohni boshqarish uchun sarflangan vaqt, bu dastgohni yurgizish, to’xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o’zgartirish va h.k.;
b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi;
v) zagotovkani moslamaga o’rnatish, mahkamlash, ishlov berilgandan keyin yechib olish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o’rnatish va yechib olish;
g) detalning o’lchamlarini nazorat qilish: o’lchov asbobini olish, o’lchash, joyiga qo’yish.
Yordamchi vaqt qo’lda, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin.
Ish joyiga xizmat ko’rsatish texnik va tashkiliy xizmat ko’rsatishlarga bo’linadi.
Ish joyiga texnik xizmat ko’rsatishga quyidagilar kiradi:
a) dastgohni sozlash va moslash;
b) o’tmaslashgan kesuvchi asbobni almashtirish;
v) kesuvchi asbobni to’g’irlash (olmos yordamida);
g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash.
Ish joyiga tashkiliy xizmat ko’rsatishga quyidagilar kiradi:
a) ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblarni saranjomlash;
b) dastgohni moylash va tozalash;
v) dastgohni ko’zdan kechirish va sinab ko’rish.
Ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ushbu vaqt miqdori asosiy va yordamchi vaqtlar yig’indisi bo’lgan operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda) va 3-5 % atrofida bo’ladi.
Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Og’ir va ishchni tez charchatuvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko’zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib, 2-3% ni tashkil etadi.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling