Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detal sirti sifati to’g’risida tushuncha.
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi.
Ishlov berishda talab etilgan aniqlik turli dastgohlarda turli usullar yordamida olinadi. Teshiklarga ishlov berishda IT7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash, sidirish, jilvirlash, pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yetkazib ishlov berish, xoninglash, superfinishlash usullari orqali ta’minlanadi. Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT5-, IT6-aniqlik kvalitetlarini ta’minlaydi. Teshikarga ishlov berishda IT9, IT10 kvalitet aniqliklari toza razvyortkalash, toza yo’nib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali ta’minlanadi. Teshiklarda IT11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki tokarlik-revolver dastgohlarida va parmalash dastgohlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan ta’minlanadi. Teshiklarda IT12 - IT14 aniqlik parmalash yoki yo’nib kengaytirish usullari yordamida olinishi mumkin. Vallarga IT5-IT6 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida ishlov berib bo’lgandan so’ng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab ta’minlanadi. Vallarga IT7 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov berishdan so’ng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi. Vallarga IT9-IT10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoya. Vallarga IT11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik va tokarlik-revolver dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa bo’ladi. Vallarga IT12-IT14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida normal keskichlar yordamida yo’nish kifoya Detal sirti sifati to’g’risida tushuncha. Mexanik ishlov berilgan detal sirtining sifati quyidagi ikki asosiy xususiyat bilan xarakterlanadi: a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari; b) sirtning g’adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda sirtning tozaligi yoki silliqligi). Detal sirt qatlamining fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo’lgan issiqlik va kuchlar ta’sirida metallning sirt xususiyatlari o’zgaradi, ya’ni, uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo’ladi, puxtalanish sodir bo’ladi, bularning barchasi plastik deformatsiya ta’sirida yuzaga keladi. Puxtalanish darajasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda ta’sir etishiga bog’liq. Bu holat o’z navbatida kesish ma’romlariga bog’liq bo’ladi. Geometrik nuqtai nazardan ishlov berilgan sirt quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: a) sirtning makrogeometriyasi bo’lib, u to’g’ri geometrik shakldan og’ish bilan ifodalanadi (ovalsimonlik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar); b) sirtning to’lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi taxminan bir xil to’lqinsimon og’ishlar; v) sirtning mikrogeometriyasi yoki sirtning g’adir-budirligi. Sirt mikrogeometriyasi uni tozaligini ifodalaydi. Sirt to’lqinsimon va bir vaqtda g’adir-budir bo’lishi mumkin. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling