Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Detallarni dastgohlarda o’rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
Detallarni dastgohlarda o’rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi.
Detallarga ishlov berish uchun ular dastgohlarda turli usullar yordamida o’rnatilishi mumkin. Detalni bevosita dastgoh stoliga o’rnatish. Bu usul donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu usulni qo’llash maxsus moslama tayyorlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi bilan bog’liq bo’ladi. Avvaldan belgilab olish usuli bilan detalni dastgoh stoliga o’rnatish. Avvaldan belgilab olishda ishlov beriladigan sirtlarning holatini belgilovchi o’qlar va boshqa chiziqlar zagotovka sirtiga chizib chiqiladi. Buning uchun zagotovka sirti bo’yoq bilan bo’yab olinadi. Chiziqlar sirkullar, shtangenreysmuslar, burchakliklar, uchi o’tkir shtangensirkullar va b. asboblar yordamida chiziladi. Avvaldan belgilab olish yuqori malakali ishchining ko’p vaqtini talab qiladi. Bu usul yordamida yuqori aniqlikka erishish qiyin. Shuning uchun bu usuldan yirik o’lchamdagi, murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Detallarni maxsus moslamalarga o’rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganida maxsus moslama yordamida detalga kesuvchi asbobga nisbatan aniq holat beriladi. Bunday moslamalardan foydalanilganida zagotovkada avvaldan chiziqlar o’tkazish, uni dastgohga o’rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak bo’lmaydi. Maxsus moslamalar yordamida detalni dastgohga o’rnatish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko’rib chiqilishi mumkin. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardan foydalanish majburiy shart hisoblanadi. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin bo’lmaydi. Bunday ishlab chiqarish sharoitlarida har-bir operatsiyani bajarish uchun alohida maxsus moslama loyihalash zarur bo’ladi. Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o’rnatish sirtlari nazarda tutiladi. Qattiq jismlar mexanikasidan ma’lumki, ular fazoda oltita erkinlik darajasiga ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta o’zaro perpendikulyar X, Y, Z o’qlar bo’yicha ilgarilanma-qaytma va shu o’qlar atrofida aylanma harakatlardan iborat (3-rasm). Detalning har bir erkinlik darajasini yo’qotish uchun uni ma’lum bir qo’zg’almas nuqtaga qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar o’z navbatida moslama yoki dastgoh stolining qo’zg’almas nuqtalari bo’lishi mumkin. Har bir qo’zg’almas, bir nuqtali tayanch detalning bitta erkinlik darajasini yo’qotadi. Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yo’qotish, uni oltita qo’zg’almas tayanchga bazalash demakdir. Bu olti nuqta uchta o’zaro perpendikulyar tekislikda joylashgan bo’lishi kerak: 1,2,3-nuqtalar XOZ da; 4-si va 5-si YOZ da; va 6-si esa XOY da. Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling