Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari
Download 236.49 Kb.
|
JAvoblar birt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy o’rnatish bazasi
- Bazalarning doimiylik prinsipi
Texnologik bazalar o’rnatish va o’lchash bazalariga bo’linadi.
O’rnatish bazasi deb ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvchi asbobga nisbatan detalni o’rnatishda foydalanilgan sirtga aytiladi. O’rnatish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan sirtlar qo’llaniladi. Mexanik ishlov berilmagan sirt qora baza, ishlov berilgan sirt esa toza baza deb yuritiladi. O’rnatish bazalari asosiy yoki yordamchi o’rnatish bazasi deb farqlanadi. Asosiy o’rnatish bazasi deb detalga ishlov berish jarayonida uni o’rnatish uchun xizmat qiladigan va boshqa sirtlar bilan birikkan holda yig’ilgan mashinada birgalikda xizmat bajaruvchi detal sirtiga aytiladi. Masalan, tishli gildirakning markaziy teshigi. Yordamchi o’rnatish bazasi deb faqatgina detalga ishlov berish jarayonida o’rnatish sirti bo’lib xizmat qiladigan va boshqa sirtlar bilan birgalikda yig’ilgan mashinada ish bajarmaydigan sirtiga aytiladi (masalan, vallarda). Bunday sirtlar sun’iy o’rnatish bazasi deb Bazalarning doimiylik va qo’shilish prinsiplari. Detallarni mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yuqori aniqlikka erishish uchun ularning bitta sirtini doimiy ravishda o’rnatish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki o’rnatish bazasining almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasayadi. Buning asosiy sababi har bir o’rnatish vaqtida detal sirtlarinining o’zaro joylashuvini ifodalovchi o’qlar siljib qoladi. Tabiiyki, bir qator operatsiyalarni bajarishda faqat bitta sirtdan o’rnatish bazasi sifatida foydalanish imkonsiz bo’lib qoladi. Bunga detal sirtlarining o’zaro joylashish tartibi, dastgohning texnologik imkoniyatlari va kesuvchi asboblarning tuzilishi va boshqalar sabab bo’ladi. Bazalarning doimiylik prinsipi deb texnologik jarayonning barcha operatsiyalarini bajarishda detalning bitta sirtidan o’rnatish bazasi sifatida foydalanishga aytiladi. Agarda yuqoridagi prinsipga amal qilish qiyin bo’lsa, u holda o’rnatish bazasi sifatida boshqa sirtlarga nisbatan aniq o’lcham bilan belgilanuvchi, detalning xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi sirtdan baza sifatida foydalaniladi. Xuddi shuningdek, bitta sirt turli xil bazalar vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham detalni tayyorlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Shu maqsadda bitta sirtni ham o’lchov, ham o’rnatish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda bu juftlikka yig’ish bazasi ham qo’shilsa yanada yuqori mexanik ishlov berish va yig’ish aniqligiga erishish mumkin bo’ladi. Xuddi shu yondashuv bazalarning qo’shilish prinsipi deb yuritiladi. O’lchov bazasidan o’rnatish bazasi sifatida ham foydalanish to’g’risidagi qaror detalning qaysi o’lchami aniq ta’minlanishi va qaysi sirtni o’lchov boshi sifatida qabul qilish kerakligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, 2,a-rasmda ko’rsatilgan holat uchun X o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, bu o’lcham uchun o’lchov boshi A-A sirt. Ushbu sirt bir vaqtda ham o’lchov ham o’rnatish bazasi bo’lib xizmat qiladi. 2,b-rasmda Y o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, uning uchun o’lchov boshi sirt B-B, bunda B-B sirt shu holat uchun o’lchov bazasi, A-A sirt esa o’rnatish bazasi bo’lib xizmat qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, ikkinchi misolda bazalarning qo’shilish prinsipi amal qilmaydi. Bazalarning o’lchamlari detalni ishonchli, mustahkam mahkamlash uchun, buning natijada ishlov berish jarayonida o’z holatini o’zgartirmasligi uchun yetarli bo’lishi kerak. Bazaviy sirt qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalanmaydigan bo’lishi va imkoni boricha kesish va qisish kuchlarini bir yo’nalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan sirtga yaqin joylashgan bo’lishi kerak Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling