Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Aniqlik to’g’risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 236.49 Kb.
bet13/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Aniqlik to’g’risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Mashina va mexanizmlarni loyihalashada kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi.
Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar yuzaga keladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi:
a) detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to’g’ri geometrik shakldan og’ishi;
b) detal haqiqiy o’lchamlarining uning nominal o’lchamlaridan og’ishi;
v) detal sirtlarining, o’qlarining o’zaro aniq joylashishdan og’ishi (masalan: o’zaro paralellikdan og’ish, o’zaro perpendikulyarlikdan og’ish va shu kabilar).
Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog’liq bo’ladi. Detalning aniqligi qancha yuqori bo’lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bo’lib, ular IT01 dan IT17 gacha bo’ladi. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning dopusk maydoni ortib boradi. IT01,0,1 yassi parallel uch o’lchovlari uchun, IT2,3,4 chekli kalibrlar va alohida aniqlikka ega bo’lgan o’lchov asboblari uchun, IT5 dan IT12 gacha yig’ish jarayonida boshqa detal sirti bilan tutashuvchi detallar o’lchamlari uchun va nihoyat IT13 dan IT17 gacha esa past aniqlikdagi o’lchamlar uchun qo’llaniladi.
Yalpi va yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o’lchamga sozlash natijasida erishiladi. Mayda seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qo’shimcha yakunlovchi operatsiyalar qo’llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’lganligi uchun ularni erishilishi mumkin bo’lgan aniqlik bo’yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo’yicha tayyorlash muhim ahamiyatga ega.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling