Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Download 236.49 Kb.
bet14/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo’yicha normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik sozlangan dastgoh va kesuvchi asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi.
Erishilishi mumkin bo’lgan aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi.
Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. dastgohning noaniqligi;

  2. kesuvchi va yordamchi asboblarni tayyorlash aniqligi;

  3. dastgohni talab etilgan o’lchamga sozlash va kesuvchi asbobni o’rnatish xatoligi.

  4. detalni bazalash va mahkamlash xatoligi;

  5. kesish kuchi ta’sirida texnologik tizimning (TT) deformatsiyasi;

  6. kesish jarayonida TT ning issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishi;



Ishlab chiqarish xatoliklari. Tizimli va tasodifiy xatoliklar.
Yuqorida ko’rib chiqilgan detalning aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ishlab chiqarish xatoliklarining manbai hisoblanadi.
Metal kesish dastgohining noaniqligi natijasida hosil bo’luvchi xatolik uning geometrik xatoligi deb yuritiladi. Dastgohning geometrik xatoligi asosan uning detallari, yig’ma birikmalarini noto’g’ri tayyorlanganligi va yig’ish jarayonida yo’l qo’yilgan xatoliklar oqibatida vujudga keladi.
Bu xatoliklarning qiymati dastgohning aniqlik normalari ГОСТ bo’yicha belgilanadi. Masalan: tokarlik va frezalash dastgohlari shpindellarining radial tepishi 0,01-0,015mm dan oshmasligi kerak. Tokarlik va randalash dastgohlarining yo’naltiruvchilari to’g’ri chiziqlilik va parallellik bo’yicha xatoliklari 1000 mm ga 0,05-0,08 mm dan oshmasligi kerak.
Dastgohning ishlash jarayonida uning detallari yeyilishi sababli xatoliklar vujudga keladi.

Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling