Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari


Avtomobillar ishlab chiqarishning konstruktorlik-texnologik tayyorgarlik bosqichlari va uning o’ziga xos tomonlari


Download 236.49 Kb.
bet2/26
Sana17.06.2023
Hajmi236.49 Kb.
#1530461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
JAvoblar birt

Avtomobillar ishlab chiqarishning konstruktorlik-texnologik tayyorgarlik bosqichlari va uning o’ziga xos tomonlari.
Zamonaviy avtomobilsozlik ishlab chiqarishi zagatovkalarni olishning, detallarga ishlov berishning va mahsulotlarni yig’ishning ilg’or texnologik jarayonlarini o’z ichiga oladi va avtomobil sifati hamda umrboqiyligini ta’minlashning texnologik usullarini qo’llaydi.
Avtomobilning yig’ma birliklari o’zaro bog’liq, katta miqdordagi detallardan tarkib topadi. Avtomobilning ishlash vaqtida ko’pchilik detallar sezilarli statik va dinamik yuklanishlarni qabul qiladi. Dinamik yuklanishlar, masalan, dvigatel silindrlaridagi gazning porshenlarga ta’siri, natijada shatun-porshen mexanizimidagi inersion kuchlar natijasida birikuvchi agregatlarning yig’ish noaniqligi natijasida, shuningdek, tormozlanishda birikuvchi agregatlar, yig’ma birliklar yoki alohida detallarning (avtomobilning harakatlanishida yoki tormozlanishida) o’qdoshliklari buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’pchilik detallar o’zgarvchan yuklamalarga uchraydi va charchash buzilishiga duchor bo’ladi. Bunday detallarga, avvalo, prujinalar, osma ressorlari, ko’priklar balkalari va rama ko’ndalang temirlari, kuzovlar lonjeronlari va ustunlari, osma richaglari kiradi. Ish sharoitiga bog’liq holda detallar har-xil materiallardan turlicha sirt sifati bilan tayyorlanadi. Avtomobilni loyihalashga kirishishda quyidagi dastlabki ma’lumotlar zarur bo’ladi:

  1. avtomobilning mo’ljallanishidan kelib chiqqan holda, avtomobil ishining qisqacha tavsifi va texnik talablar;

  2. avtomobilning umumiy yig’ma chizmasi, uning uzellari yig’ma chizmalari va detallarining ishchi chizmalari;

  3. yillik dastur hajmi va muddati;

  4. avtomobillar dasturi uchun korxonaning barcha zaruriy jihozlar bilan taminlanganligi va boshqa korxonalar bilan hamkorlik imkoniyati;

  5. kadrlar mavjudligi, ularni qayta tayyorlash istiqbollari.

Bularning barchasi texnologik jarayonlarni batafsil loyihalash va amalga oshirish uchun zarur bo’ladi. Texnologik jarayon tarkibiga avtomobillarni yig’ish va tayyorlash, tayyorlashning barcha bosqichlarida ularning sifatini nazorat qilish, saqlash, tashish bo’yicha barcha harakatlar kiradi. Shuningdek, ishlab chiqarishni ta’minlash, ish joylariga xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarishni boshqarish, ya’ni, ishlab chiqarishni tayyorlash bo’yicha barcha ishlar ham texnologik jarayon tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarishni batafsil texnik tayyorlamay turib, ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash, ya’ni, mahsulotni umumiy yig’ishning, yig’ma birliklarning va mahsulotlar alohida detallarining konstruksiyalari va chizmalarini spetsifikatsiyalar va konstruktorlik hujjatlarni rasmiylashtirgan holda ishlab chiqish.

  2. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ya’ni, belgilangan muddatlarga, ishlab chiqarish dasturiga binoan va ushbu mahsulotni tayyorlashning minimal sarflarida mahsulotlarni berilgan darajadagi sifat bilan ishlab chiqarishga korxonaning texnologik tayyorligini ta’minlovchi o’zaro bog’liq jarayonlar majmuidir.


Download 236.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling