Avtomobil transporti muxandisligi


Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

16.4 Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari
Diagnostikaning keyingi rivojlanishi transport vositalari konstruksiyalarining
takomillashishiga, diagnostikalash tizimlarining avtomatlashtirish darajasiga va ularning
ixtisoslashuviga bog‘lik.
Transport vositalari diagnostikasi rivojlanishining asosiy masalalarini yechish –
diagnoz qo‘yish usullari, vositalari, me’yoriy ko‘rsatkichlari va algoritmlarini ishlab
chiqish, diagnostika qo‘llanishining optimal texnologik va tashkiliy tamoyillarini qabul
qilish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish maqsadida statistik materiallar
to‘plash va diagnostikalashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq.
Diagnostika – nazorat ishlarining yangi pog‘onasidagi takomillashgan shakli. U
an’anaviy nazorat operatsiyalaridan, birinchidan, haqqoniylik (uzel, agregat,
mexanizmlar texnik holatini aniq baholash) bilan, ikkinchidan, ularning samaradorlik
parametrlarini aniqlash imkoni bilan (quvvat, yonilg‘i iqtisodiyoti, tormozlarning,
ilashuvlarning ishchi ko‘rsatkichlari va h.k.), uchinchidan, nazorat tartibotlarini
optimallash orqali transport vositalari texnik holatini tezkor boshqarish bilan farq qiladi.
Diagnostikaning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va diagnoz qo‘yish ishlarini keng
avtomatlashtirish imkonini beradi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar harakatini
e’tiborga olib transport vositalaridan texnik foydalanishning bundan keyingi
takomillashuvi va rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlar orasidan
quyidagilarni ajratish mumukin:
− transport vositalaridan texnik foydalanish jarayonlarida mehnatni va ekologiyani
muhofaza qilishga talab darajasining oshishi;
− transport vositalari tizimining bo‘lagi – texnik foydalanishni takomillashtirishda
bundan keyin ham davlatning ishtirok etishi (rag‘batlantirish va nazorat qilish
masalalarida);


109
− texnik diagnostika ahamiyatining oshib borishi, transport vositalariga bevosita
o‘rnatiladigan diagnostikalash tizimlarining rivojlanishi;
− transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni rejalashtirish uchun
ularning texnik holatini prognoz qilishda tegishli axborot tizimini yaratish.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling