Avtomobil transporti muxandisligi


Transmissiyani diagnostikalash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

15.6 Transmissiyani diagnostikalash
Ekspluatatsiya sharoitlarida transmissiyani diagnostikalash uchun yo‘l sinovlari
(gorizontal va bo‘ylama tezlanishlarni hamda agregatlarning boshqa tavsiflarini o‘lchab
yurish ravonligiga sinashlar) o‘tkazilmaydi.
Subyektiv diagnostikalash yo‘li bilan agregatlar haroratining jiddiy o‘sishi,
transport vositasi erkin yurish harakati davomiyligining kamayishi, uzatmalar qutisi
uzatmalarining qiyin ulanishi va o‘z-o‘zidan uzilishi, shataksirashi, ilashmaning
noto‘liq yoki keskin uzilishi, ish shovqinligining o‘sishi, yurish ravonligi,
boshqariluvchanlik, barqarorlikning yomonlashuvi kabi diagnostik parametrlar
o‘zgarishini aniqlash mumkin.
Tashqi nazorat bilan deformatsiyalar, detallarning mexanik holati,
tutashmalarning jipsligi (ekspluatatsion suyuqliklarning oqishi) tekshiriladi.
Transmissiyaning texnik holatini butunicha tekshirish uchun tortish stendi
yordamida mexanik quvvat yo‘qotishlari, erkin yo‘l, tezlab ketish vaqti, luftlar
yig‘indisi miqdorlari o‘lchanadi, shuningdek, shovqin, tebranish, ayrim uzellar ishidagi
nosozliklarni ko‘rsatuvchi qizish kabi diagnostik parametrlar baholanadi.
Ma’lum tirqishlar bilan ishlaydigan podshipniklar va transmissiyaning tishli
g‘ildirakli mexanizmlari yuklamaning zarb bilan qo‘yilishini ko‘zda tutadi va miqdori
vibroakustik diagnostika usullari bilan tahlil qilinadigan tebranishni vujudga keltiradi.
Kardan valining disbalansi past chastotali vibrometr yordamida baholanadi, uni kardan
vali shlitsali tutashmasi podshipnigining korpusiga mahkamlanadi.
15.7 Yurish qismini diagnostikalash
Osmalarning texnik holatini diagnostikalash uchun maydonchali stendlar
qo‘llaniladi, ular diagnostikalash Ob’ektiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Osmalarning texnik
holati ularning tebranishi bo‘yicha test ta’sirida aniqlanadi. Osma detallarining yeyilishi
boshqaruv g‘ildiraklari o‘rnatilish burchagining o‘zgarishiga olib keladi. Buning
natijasida transport vositasini boshqarish qiyinlashadi, shinalarning yeyilishi
jadallashadi, yonilg‘i sarfi o‘sadi. Bunday salbiy omillarni bartaraf etish uchun
boshqaruv g‘ildiraklarining o‘rnatilish burchagi stendlarda tekshiriladi. Bu stendlar
statik va dinamik turlarga bo‘linadi. Statik stendlar o‘z navbatida o‘iagn, elektrik va
mexanik turlarga, dinamik stendlar esa rolikli va maydonchali turlarga bo‘linadi.


105
Rama va ko‘tarib turuvchi elementlar (lonjeronlar, kuzov ustunlari)da hamda
transport vositasi ko‘priklari va agregatlari mahkamlangan joylarida zanglash, buzilish,
darz va deformatsiyalar tekshiriladi.
Rama, ferma yoki ko‘tarib turuvchi kuzov to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lishi,
ularning elementlari bir-biri bilan mustahkam birlashgan bo‘lishi lozim. O‘qlarning
balkalarida darzlar va katta deformatsiyalar bo‘lmasligi, o‘q transport vositasiga yaxshi
mahkamlangan bo‘lishi kerak.
Burish sapfasida darzlar yoki deformatsiyalar bo‘lmasligi, shkvoren o‘q ayrisiga
mahkamlangan bo‘lishi, vtulkalar va sharsimon tayanchlar yeyilmagan bo‘lishi kerak.
Shkvoren birikmalaridagi radial va bo‘ylama tirqishlar, sapfani vertikal va yon
yo‘nalishlarida ishorasi o‘zgaruvchan siljitib tekshiriladi. Radial tirqish indikator bilan,
bo‘ylama tirqish esa shchup bilan o‘lchanadi. Tirqishlar ikki holatda: g‘ildiraklar
ko‘tarib qo‘yilgan holatda va ko‘tarib qo‘yilmagan holatda o‘lchanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling