Raʼnoguldoshlar oilasi


Download 1.49 Mb.
bet1/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1225940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raʼnoguldoshlar oilasi


Raʼnoguldoshlar oilasi
Kirish

  1. Olma turkumi (Malus)

  2. Nok turkumi (Pyrus)

  3. Behi turkumi (Cydonia)

  4. Bodom turkumi (Amygdalus)

  5. Olxoʻri turkumi (Prunus)

  6. Naʼmatak turkumi (Rosa)

Xulosa
Adabiyotlar

Kirish
Dendrologiya (grekcha dendron – daraxt, logos - fan) botanikaning bir qismi boʻlib, daraxt va butalarning sistematikasini, biologik va ekologik xususiyatlarini, evolyutsiyasini, morfologik va anatomik tuzilishini, fiziologiyasini, geografik tarqalishi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini oʻrganadi. Dendrologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishiga oʻrmonchilik, bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish sohalarini xalq xoʻjaligidagi ahamiyatining tobora ortib borishi turtki boʻldi.
Dendrologiya fan sifatida bir tomonda oʻsimliklarning morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bogʻlangan boʻlsa, ikkinchi tomondan oʻziga yaqin boʻlgan fanlar – oʻrmonchilik, oʻrmon taksatsiyasi, oʻrmon seleksiyasi, madaniy oʻrmonlar va oʻrmon melioratsiyasi kabi maxsus fanlar bilan ham chambarchas bogʻliqdir.
Uzoq oʻtmishdayoq insonda daraxt - butalar haqida boshlangʻich bilimlar paydo boʻldi. Ilk dendrologiya kitoblarida daraxt – buta oʻsimliklari toʻgʻrisida faqat morfologik va sistematik maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, oʻrmonchilar va bogʻbonlar daraxt – buta turlarini faqatgina morfologik belgilariga koʻra ajrata olganlar. Keyinchalik oʻrmon melioratsiyasi sohasida – ayniqsa qumlarni mustahkamlash, togʻlarni oʻrmonlashtirish, temir va avtomobil yoʻllarini himoyalovchi oʻrmonlar barpo etish, eroziyaga uchragan tuproqlarni mustahkamlash, parklar, sayilgohlar, shaharlarda yashil zonalar barpo etish ishlari koʻlamini kengayishi dendrologik bilimlarni ortishiga olib keldi.
Hozirgi paytda dendrologiyada daraxt – buta oʻsimliklarining geografik tarqalishi, morfologiyasi, ayniqsa ichki yoki anatomik tuzilishi, biologik (hayotiy) va ekologik (tashqi muhit bilan munosabati) xususiyatlari hamda tur ichidagi shakllarini turli tumanligini oʻrganishga eʼtibor ortmoqda. Dendrologiya, umuman olganda oʻrmon biologiyasi haqidagi taʼlimotni birinchi boʻlimi boʻlib, oʻrmon hayotining mohiyatini tushunish, uni maqsadli oʻzgartirish uchun oʻrmonni asosiy tarkibini hosil qiluvchi daraxt – butalarni bilish hamda ajrata olish kerak.
Daraxt va butalar dendrologiya oʻrganuvchi asosiy obyekt sifatida xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga egadir. Avvalambor ular sanoat va xalq xoʻjaligida keng foydalaniladigan yogʻoch mahsulotlari olishning yagona manbaidir.
Yogʻoch bu kimyo sanoati uchun xom-ashyodir. Yogʻochni qayta ishlash natijasida undan skipidar, sirka kislota, metil va etil spirti, sellyuloza, nitrolaklar va boshqa koʻplab moddalar olinadi.
Daraxt – butalarning baʼzi turlari oziq – ovqat ahamiyatiga ega yongʻoqlar, mevalar va urugʻlar manbai boʻlib, ularga grek yongʻogʻi, bodom, xandon pista, sibir kedri, oʻrmon yongʻogʻi, pekan, isteʼmolbop kashtan kiradi. Koʻpgina turlar dorivor oʻsimliklar sifatida muhim ahamiyatga ega, ularning barglari, gullari, mevalari, tana poʻstlogʻi va ildizlari biologik faol moddalar va vitaminlarga boydir. Bu kabi daraxt – buta oʻsimliklarga eman, togʻ jumrut, soxta kashtan, yapon soforasi, doʻlana, naʼmatak, zirk, chakanda, chilonjiyda, maymunjon, malina, qoraqat, hurmo, marjondaraxt, tut, cherkez, oq qayin, , irgʻay, chetan va boshqa turlar kiradi. Baʼzi daraxt – butalar xalq xoʻjaligida foydalaniladigan texnik xom-ashyo manbai boʻlib xizmat qiladi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling