Raʼnoguldoshlar oilasi
Sivers olmasi (Malus Siversii (Ledeb)Roem.)
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil olma (Malus Niedzwietzkyana Dieck)
Sivers olmasi (Malus Siversii (Ledeb)Roem.) boʻyi 10-12 metrga yetadigan, yoyiq shox-shabbali, tikansiz daraxt. Novdalari tukli, barglarining orqa tomoni va gul qismlari kul rang tukli, urugʻidan va ildiz bachkilaridan koʻpayadi.Barglari yirik,(8-12sm) kengelliptik,chekkalari tishchali.Gullari yirik,toʻpgul shaklida. Mevalari bitta-bitta joylashgan,mayda yoki oʻrtacha kattalikda 2-5sm uzunlikda sharsimon,sariq-yashil,baʼzan qizgʻish.Urugʻlari 9mm uzunlikka va 6mm diametrga ega,jigarrangda, bitta mevada 1-15 ta urugʻlari boʻladi 1 kg mevalaridan 16 g urugʻ olish mumkin. Hosildorligi bitta daraxtdan 10-55 kg ni tashkil etadi. Tabiiy sharoitlarda asosan urugʻdan va vegetativ koʻpayadi. Turning areali Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Tarbagatay va Afgʻonistonning shimolini qamrab olgan. Barcha togʻli hududlarda 900-2500 m balandliklarda janubiy,sharqiy va janubiy-sharqiy togʻ yonbagʻirlarida uchraydi. Ushbu turga polimorfizm xos boʻlib,tabiatda xilma-xil meva shakllariga ega daraxtlar uchraydi. Bu olma turi sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli tur, 150-yilgacha yashaydi. Mevachilikda muhim ahamiyatga ega, madaniy navlar uchun payvandtag rolini bajaradi.Seleksiya ishlarida foydalaniladi.
Qizil olma (Malus Niedzwietzkyana Dieck) boʻyi 5-8 m gacha, shox-shabbasi sharsimon yoki ellipsimon boʻlgan daraxt. Shoxlari tikansiz, novdalari qizil–binafsha rangda. Barglari ovalsimon, teskari tuxumsimon, qizgʻish, tukli, cheti oʻtkir tishchali, tubi ponasimon, barg bandi 2,7 sm, oqish, mayin tukli. Gullari 5-7 tadan yigʻilib, soyavonsimon toʻpgul xosil qiladi, gulbandi tukli, gul oʻrni sertuk, toʻq jigar rangda. Gulyon barglari keng oval shaklda, toʻq qizil. Kosachabarglari tor lansetsimon, toʻq jigar rangda, soxta mevasi yumaloq, diametri 3-4 sm, toʻq qizil, ham pushti-qizil, shirin boʻladi. Urugʻi choʻzinchoq, pushti-jigar rangda, boʻyi 3-5 mm, eni 2 mm, 1000 dona urugʻining vazni 14,22 g keladi. Bu olma Tyan-Shan togʻida oʻsadi, seleksiya va duragaylash ishlarida qimmatli tur hisoblanadi. 31-rasm. Olma daraxtining koʻrinishi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling