Raʼnoguldoshlar oilasi
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
OLXOʻRI (PRUNUS) TURKUMI
Soʻgʻdiyona olxoʻrisi yoki togʻolcha (Prunus sogdiana Vass.) Markaziy Osiyo va Kavkazda keng tarqalgan mevali daraxt turlaridan biri hisoblanadi. Dengiz sathidan 800-2200 metr balandliklarda alooʻida boʻlib, koʻpincha yongoq, olmazor, archazor oʻrmonlarida aralashib oʻsadi. Balandligi 5-7 metr boʻlib, kichik daraxt yoki buta koʻrinishida, shox-shabbalari qalin baʼzan tikonli novdalarga ham ega. Shoxlari yoshligida uzun, qizgish jigarrang. Barglari lansetsimon-dumaloq, 3-6 sm uzunlikda. Erta gullaydi. Mevasi etli danak sharsimon shaklda qora, koʻk, siyohrang, sariq, qizil 1-3,5 sm diametrli. Togʻolcha mevalari mazasiga koʻra ham turli-tumandir, tabiatda mevasini rangi, oʻlchamlari va mazasiga koʻra turlicha shakllari mavjud. Yorugʻsevar, shu bilan bir qatorda sovuqqa chidamli va qurgʻoqchil yerlarda ham bemalol oʻsaveradi. Tuproqqa talabchan emas. 4-5 yili mevaga kiradi, har yili yaxshi hosil beradi. mevasi tarkibida 4-7% limon kislotasi, 5-7% qand va 15% tagacha nektin moddalari bor, A va S vitaminlari uchraydi. Urugʻidan oson koʻpaytiriladi. Olxoʻri, oʻrik, bodom uchun payvandtag boʻla oladi. Tog yonbagirlarini oʻrmonlashtirishda juda istiqbolli daraxt turi hisoblanadi. Xulosa Bu oila tarkibida daraxt, buta va oʻt oʻsimliklar bor. Barglari oddiy va murakkab tuzilgan, yon bargchali boʻlib, navbat bilan joylashadi. Gullari toʻgʻri besh aʼzoli ikki jinsli boʻlib, hashorotlar vositasida changlanadi. Baʼzan changlanmasdan ham meva hosil qiladi, lekin urugʻi boʻlmaydi. Mevasi shirali yoki quruq boʻlib, ularni turli: bargak, danak, yongʻoq, murakkab meva, soxta meva, rezavor meva va boshqa tiplarga ajratish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Arifxanov K.T., Slavkina T.I. Dendrologiya Uzbekistana. tom.XI, Izd-vo FAN UzSSR. Tashkent. 1981.-201s. 2. Rusanov F.N. Dendrologiya Uzbekistana tom II. Izd-vo FAN UzSSR.Tashkent,1968.-495s. 3. Rusanov F.N.,Slavkina T.I. Dendrologiya Uzbekistana tom IV. Izd-vo FAN UzSSR.Tashkent 1972.-368s. 4. Rusanov F.N. Derevya i kustarniki Botanicheskogo sada Akademii nauk UzSSR. Chast 1. Izd-vo AN UzSSR. Tashkent.1955.-96s. 5. Usmanov A.U. Dendrologiya. “Oʻqituvchi”, Toshkent. 1974.-255 b. 6. Xolyavko V.S.Globa-Mixaylenko D.A. Dendrologiya i osnovы zelenogo stroitelstva . Moskva, VO Agropromizdat, 1988.-287s. 7. Xanazarov A.A. Kayimov A.K. Lesnыe resursы Uzbekistana. Tashkent, 1993.-62s. 8. Qayimov A.Q. Dendrologiya (oʻquv qoʻllanma) Toshkent, “Ilm-ziyo”.2007.-152 b. 9. Yaskina L.V. Dendrologiya. Tashkent. “Oʻqituvchi” 1980.-149s. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling