Raʼnoguldoshlar oilasi
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korjinskiy noki (Pyrus Korschinskyana Rgl
- Regel noki (Pyrus Regelii (Regel et.Schmalb)Rehd.).
NOK (PYRUS) TURKUMI
Bu turkumga daraxtlar, hamda katta-katta daraxtlar kiradi, koʻpincha shoxlari tikanli boʻladi. Barglari oddiy tuzilgan, butun, navbat bilan joylashadi, kuzda toʻkilib ketadi. Yon bargchalari boʻlib, ular tez toʻkilib ketadi, gullar oq yoki pushti, yigʻilib toʻpgul hosil qiladi. Mevasi sershira, mazali boʻlganidan yeyiladi, konditer va konserva maxsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu turkumning 60 dan ortiq turi bor, ular asosan moʻtadil iqlimli xududlarda tarqalgan. MDH da 15 turi uchraydi. Baʼzi turlari juda koʻp ekiladi. Botanika bogʻida 10 ta turi oʻstiriladi, ulardan 3 tasi Oʻrta Osiyo, 2 tasi Yevropa, 4 tasi Xitoy va 1tasi Uzoq Sharq florasiga taalluqli. Korjinskiy noki (Pyrus Korschinskyana Rgl) boʻyi 6-8 m, diametri 20-40 sm li, shox-shabbasi yoyiq yoki choʻzinchoq, tikansiz, daraxt. Kurtaklari yirik, oval shaklda, uchi toʻmtoq va zich joylashagan tangachali. Bir yillik novdalari oq tuk bilan qalin qoplangan boʻladi. Barglarining boʻyi 5-10 sm, lansetsimon, band tomoni bir oz keng, uchki tomoni choʻziq. Cheti tishchali, tuksiz, yaltiroq, orqa tomoni zich tomirli, oq tukli boʻladi. Gullari oq, diamsetri 2-2,5 sm, gulbargchalari ovalsimon-choʻzinchoq. May oyida gullaydi. Mevasi keng tuxumsimon, yashil, yetilganda yashil sariq rangga kiradi nordon yeganda tishni qamashtiradi Kuzda uzib olingandan keyin vaqt oʻtishi bilan yetiladi va yeyishli boʻladi. Urugʻdan yaxshi unadi. Bu nok togʻli rayonlarda dengiz sathidan 1400-1600 m balandliklarda oʻsadi. Gʻarbiy Tyan-Shanda va Pomir-Oloyda uchraydi. Qurgʻoqchilikka va issiqqa chidamli. Undan payvandtag sifatida foydalanish mumkin. Shu asosda lalmikor yerlarda mevachilik tashkil qilish mumkin Regel noki (Pyrus Regelii (Regel et.Schmalb)Rehd.).Balandligi 6 metrgacha boʻlgan daraxt,tanasi diametri 25(60) smgacha boʻladi.Koʻp yillik novdalari kulrang, bir yillik novdalari qizgʻish-jigarrang.Barglari 7-8sm uzunlikda,.Gullar toʻplami 5-6 sm diametrli,6-19 ta gulli. Bitta gulining diametri 2,5 sm 5 ta oq gulbargi mavjud.Mevalari 2-3 sm diametrga ega boʻlib, oʻrtacha 6 g. dumaloq shaklga ega,qattiq,achchiq-nordon taʼmga ega .Uzoq saqlangandan soʻng isteʼmolga yaroqli boʻladi.Bitta mevasida 4-6 tagacha urugʻlari boʻladi. Urugʻlari yirik,toʻq-jigarrang yoki qora. Aprel-may oylarida gullaydi.Mevalari avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi.Tabiiy sharoitlarda asosan urugʻlaridan koʻpayadi..Urugʻkoʻchatlari birinchi yillari sekin oʻsadi, keyinchalik oʻsish surʼatlari tezlashadi.Turning areali Tyan-Shan va Pomir-Oloyni qamrab olgan. Hozirgi paytda Regel noki bogʻdorchilikda va togʻ-oʻrmon melioratsiyasida keng qoʻllanilmoqda.Bu nok turi nokning madaniy navlari uchun payvandtag vazifasini bajaradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling