Raʼnoguldoshlar oilasi
Achchiq bodom (Amygdalus bucharica Korsh.)
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge)
- Petunnikov bodomi (Amygdalis Petunnikovii Litw.)
Achchiq bodom (Amygdalus bucharica Korsh.) Asosan Pomir – Oloy va Markaziy Tojikistonda tarqalgan. Barcha ekspozitsiyadagi togʻ yonbagʻirlarida toshli, shagʻalli tuproqlarda, koʻchkilarda 500 – 2300 m dengiz satxidan balandliklarda koʻplab oʻsadi. U asosan archa, zarang, xandon pista bilan birgalikda oʻsadi,qurgʻoqchilikka chidamli. Shu sababli ushbu bodam turi oʻrmon melioratsiyasi uchun istiqbolli tur hisoblanadi. Mevasi magʻzi achchiq,53 % moy olish mumkin.Balandligi 5 –7 m gacha boʻlib, bazan 1,5 – 2 m balandlikdagi buta koʻrinishida ham oʻsadi. Barglari choʻzinchoq, keng lansetsimon. Fevral oxirida barglari yozilmasdan juda erta gullaydi. Mevalari uzunchoq 3,5 sm gacha.
33-rasm. Bodom mevalari. Hosildorligi 100 g dan 3 – 5 kg gacha boʻladi. Ildiz tizimi tuproqning 1 metrlilik qatlamida rivojlanadi, 2 metrdan ortiq chuqurlashmaydi. Ildizi barcha kserofit oʻsimliklarniki kabi birinchi yoʻldayoq 80 – 150 sm gacha oʻsadi. Juda qurgʻoqchilikka chidamli,sovuqlardan zararlanmaydi. Tabiatda asosan urugʻlari orqali koʻpayadi. Achchiq bodom asosan yirik bodom navlari uchun payvandtag vazifasini bajaradi, hatto unga shaftoli va olxoʻri payvand qilish mumkin. Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) Markaziy Osiyoda togʻlarning quyi poyasida 300 – 1500 m dengiz satxidan balandliklarda toshloq,tuprogʻi kam yerlarda koʻplab oʻsadi. Qurgʻoqchilikka,qish sovuqlariga chidamli, asosan Pomir – Oloy va Gʻarbiy tyan – Shanda keng tarqalgan.Ushbu bodom turi sanoat ahamiyatiga ega emas,oʻrmon melioratsiyasida foydalanish mumkin.2 metrgacha balandlikka ega buta, novdalari och- kulrang, barglari lansetsimon. Mevalari och jigarrangda, magʻzi achchiq, bitta butadan 50-400 g hosil olish mumkin. Urugʻidan koʻpayadi, koʻchirib oʻtkazilishni yoqtirmaydi, shuning uchun doimiy joyiga urug ekish yoʻli bilan koʻpaytirilidi. Petunnikov bodomi (Amygdalis Petunnikovii Litw.) Qoramtir tusli tikansiz shoxlari balandga qaragan buta. Barglari lansetsimon yoki torelliptik shaklda.Gullari qizgʻish.Mevasi 3smgacha uzunlikda va 2smgacha kenglikdagi danak xisoblanadi.Ushbu bodom turi asosan Qurama togʻ tizmasida archazorlarda tabiiy tarqalgan. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling