Raʼnoguldoshlar oilasi


Raʼnoguldoshlar (Rosaceae) oilasi


Download 1.49 Mb.
bet2/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1225940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raʼnoguldoshlar oilasi

Raʼnoguldoshlar (Rosaceae) oilasi

Bu oila tarkibida daraxt, buta va oʻt oʻsimliklar bor. Barglari oddiy va murakkab tuzilgan, yon bargchali boʻlib, navbat bilan joylashadi. Gullari toʻgʻri besh aʼzoli ikki jinsli boʻlib, hashorotlar vositasida changlanadi. Baʼzan changlanmasdan ham meva hosil qiladi, lekin urugʻi boʻlmaydi. Mevasi shirali yoki quruq boʻlib, ularni turli: bargak, danak, yongʻoq, murakkab meva, soxta meva, rezavor meva va boshqa tiplarga ajratish mumkin.




OLMA (MALUS) TURKUMI

Olma turkumida 60 dan ortiq tur boʻlib, ular moʻtadil iqlimli zonalarda oʻsadi. MDH florasida 15 turi uchraydi. Koʻp turi yovvoyi holda oʻsadi. Yovvoyi holda oʻsadigan oʻrmon olmasi, mayda mevali olma, qizil olma turlari ayniqsa diqqatga sazovor. Botanika bogʻida 45 turi oʻstiriladi. Ulardan 5 tasi Shimoliy Amerika, 2 tasi Oʻrta Osiyo, 29 tasi Xitoy, 5 tasi Yevropa va 4 tasi Uzoq Sharq florasiga taalluqli.


Olma kichik daraxt, barglari oddiy tuzilgan, bandli, cheti tekis, yonbargchali. Gullari yigʻilib soyavonsimon tup gul hosil qiladi. Gulbarglarinig orqa tomoni pushti, gʻunchaligida toʻq pushti, mevasi yumshoq, 5 uyali, har qaysi uyada ikkitadan jigar rang urugʻi bor.
Oʻrmon olmasi (Malus silvestris Mill.) boʻyi 8-10 m li, sershox daraxt. Tanasining poʻstlogʻi yashil jigar rang yoki qizil–jigar rang, shoxlari qoʻnqir-kulrang, novdasi tuksiz, och yashil yoki toʻq jigar rang boʻlib, kalta novdalari tikanga aylanadi. Barg kurtaklari uchburchak shaklda, tukli, oʻrama tangachali. Barglari keng tuxumsimon yoki oval shaklda, tuksiz cheti tishchali, uzun bandli, yosh barglari jingalak tukli. Gullari kalta novdalar uchida joylashadi, och pushti. Kosachabarglari uchburchak shaklda, uchi oʻtkir, sirtqi tomoni tuksiz, ichki tomoni tukli. Meva bandi yoʻgʻon, tuksiz yoki tukli, boʻyi 1-1,5 sm. Mevasi 1-2 tadan boʻlib joylashadi, sharsimon yoki yumaloq, tuxumsimon, yashil-sariq yoki pushti, eti sargʻish, nordon yoki achchiq-chuchuk. Urugʻining boʻyi 4-7 mm, eni 2 mm.
Bu olma Yevropada aralash oʻrmonlarda oʻsadi. Yorugʻsevar, sovuqqa chidamli daraxt. Qumli, qumoq tuproqli yerlarni xoxlaydi. Daryo boʻylaridagi bargli oʻrmonlarda ham uchraydi. U sekin oʻsadi, ildizidan bachkilaydi, toʻnkasidan koʻkaradi. Parxish va payvand yoʻli bilan ham koʻpaytirish mumkin. Urugʻdan koʻpaytirishda bahorda sepiladigan boʻlsa, urugʻini stratifikatsiya qilish zarur. Mevasi yoyiladi. Urugʻdan koʻkarib chiqqan nihollari payvandtag sifatida foydalaniladi. Yogʻochi qattiq, pishiq boʻlib, oson kesiladi va yaxshi silliqlanadi Aprel oyida gullaydi va xosil tugadi. 1 kg da 40 ming dona urugʻ boʻladi

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling