Avtomobil transporti muxandisligi


Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

11.2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlar o‘rtasidagi bog‘lanish turlari
diagnostikalashning u yoki bu vazifalarini yechish imkoniyatiga ta’sir etadi, diagnostik
parametrlarning serma’noliligini tavsiflaydi va parametrlarni o‘lchash navbati hamda
olinayotgan axborotga ishlov berish usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘lanish turlari va
ularga tegishli misollar 11.2-rasmda keltirilgan. Sodda bog‘lanishlar bitta diagnostik
parametrning o‘zgarishi bo‘yicha bitta tuzilmaviy parametrning o‘zgarishi to‘g‘risida
xulosa chiqarish imkonini beradi. Ko‘p miqdorli aloqalarning borligi bir necha
diagnostik axborotni tahlil etish, texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va
takrorlash, mazkur sharoitlarda o‘lchash uchun eng texnologik parametrlarni tanlashga
imkoniyat yaratadi. Tuzilmaviy parametr bilan noaniq bog‘lanishlarda bo‘lgan
diagnostik parametrdan, diagnostikalash vaqtini qisqartirish va texnik holat nazorati
vazifasini o‘z vaqtida yechishda foydalanilishi mumkin.
11.3 Diagnostik parametrlarning tasnifi
Diagnostik parametrlar quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Tashkil bo‘lish tamoyili bo‘yicha:
- ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo‘li va h.k.);
- birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari – diagnostik
Ob’ektning texnik holati bo‘yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish,
shovqin va h.k.);
- geometrik parametrlar – mexanizm detallarining o‘zaro tuzilmaviy
bog‘lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.).
2. Axborot turi bo‘yicha:
- keng axborotli (kompleks);
- tor axborotli (lokal).
3. Yurgan yo‘li funksiyasi bo‘yicha:
- uzluksiz;
- uzlukli.
4. Tuzilmaviy parametrning funksiyasi bo‘yicha:
- to‘g‘ri chiziqli:
b
X
a
S
+
×
=
;
- darajali:
b
X
a
S
×
=
;
- hosilali:
)
x
(
'
f
S
=
.


71
5. Axborotning xarakteri, hajmi va o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha:
ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda
Ob’ektning nosozligini aniq ko‘rsatadi (masalan: Ob’ektning podshipnigidagi
lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko‘payganidan va tirqishning
kattalashganidan darak beradi).
umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik Ob’ektning texnik holatini bir
butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati,
transmissiya agregatlarining umumiy aylanma luftlari yig‘indisi va h. k.). Bunday
parametrlar nosozlikni aniq ko‘rsatmaydi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling