Avtomobil transporti muxandisligi
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3 Diagnostik parametrlarning tasnifi
11.2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlar o‘rtasidagi bog‘lanish turlari diagnostikalashning u yoki bu vazifalarini yechish imkoniyatiga ta’sir etadi, diagnostik parametrlarning serma’noliligini tavsiflaydi va parametrlarni o‘lchash navbati hamda olinayotgan axborotga ishlov berish usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘lanish turlari va ularga tegishli misollar 11.2-rasmda keltirilgan. Sodda bog‘lanishlar bitta diagnostik parametrning o‘zgarishi bo‘yicha bitta tuzilmaviy parametrning o‘zgarishi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ko‘p miqdorli aloqalarning borligi bir necha diagnostik axborotni tahlil etish, texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va takrorlash, mazkur sharoitlarda o‘lchash uchun eng texnologik parametrlarni tanlashga imkoniyat yaratadi. Tuzilmaviy parametr bilan noaniq bog‘lanishlarda bo‘lgan diagnostik parametrdan, diagnostikalash vaqtini qisqartirish va texnik holat nazorati vazifasini o‘z vaqtida yechishda foydalanilishi mumkin. 11.3 Diagnostik parametrlarning tasnifi Diagnostik parametrlar quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi: 1. Tashkil bo‘lish tamoyili bo‘yicha: - ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo‘li va h.k.); - birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari – diagnostik Ob’ektning texnik holati bo‘yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, shovqin va h.k.); - geometrik parametrlar – mexanizm detallarining o‘zaro tuzilmaviy bog‘lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.). 2. Axborot turi bo‘yicha: - keng axborotli (kompleks); - tor axborotli (lokal). 3. Yurgan yo‘li funksiyasi bo‘yicha: - uzluksiz; - uzlukli. 4. Tuzilmaviy parametrning funksiyasi bo‘yicha: - to‘g‘ri chiziqli: b X a S + × = ; - darajali: b X a S × = ; - hosilali: ) x ( ' f S = . 71 5. Axborotning xarakteri, hajmi va o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha: - ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda Ob’ektning nosozligini aniq ko‘rsatadi (masalan: Ob’ektning podshipnigidagi lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko‘payganidan va tirqishning kattalashganidan darak beradi). - umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik Ob’ektning texnik holatini bir butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati, transmissiya agregatlarining umumiy aylanma luftlari yig‘indisi va h. k.). Bunday parametrlar nosozlikni aniq ko‘rsatmaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling