Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet43/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Izoprenli kauchuk (SKI) natural kauchukning sintetik o’xshashi bo’lib, gaz o’tkazmaydi, suv, atseton, etilli spirt ta’siriga chidamli, benzin, o’simlik va hayvon mineral moylariga, aromatik va xlorli uglevodorodlar, ishqorlar va kislotalar, ozon va atmosfera ta’siriga chidamsiz.
Butadienli kauchuk (SKD)ning elastikligi, sovuqqa va yeyilishga chidamliligi yuqori, biroq rezinasi metallga (metal armaturali buyumlarga) yaxshi yopishmaydi va qayta ishlanishi qiyin.
Butadien – nitrilli kauchuk (SKN)ning benzinlar va moylarga bardoshliligi ancha baland. Uning rezinasidan tayyorlangan buyumlar 1200C gacha, elastiklik xususiyatini yo’qotmaydi, metallarga yaxshi yopishadi, benzin va moy ta’sir etadigan sharoitlarda ishlaydigan buyumlar uchun ishlatiladi. Biroq, bu kauchuk yorug’lik va ozon ta’sirida tez eskirib qoladi.
Xlorprenli kauchuk yorug’lik, ozon va olov ta’siriga chidamli, yonilg’i va moylar ta’siriga – o’rtacha chidamli, sovuqlik va yuqori haroratlarga – chidamsiz.
Ftorkauchuk (SKF) 2000C gacha chidaydi, mexanik xususiyatlari yaxshi, yonilg’i moy, organik suyuqliklar, kuchli oksidlovchilar ta’siriga yaxshi qarshilik qiladi, sovuqqa chidamliligi – cheklangan.
Akrilatli kauchuk (AK) yeyilishga, yuqori haroratlarga kislorod va ozon ta’sirlariga, yuqori bosim va haroratlarda (1500C gacha) moylar va benzinlarga, ko’plab marta deformatsiyalar ta’siriga bardoshli, sovuqqa chidamliligi – kamroq.
Butadien-stirolli (SKS) va butadien-metil-stirolli (SKMS) kauchuklar avtomobilsozlikda keng ko’lamda qo’llanadi. Bulardan birinchisi bir necha turda ishlab chiqariladi: moy to’ldirilgan kauchuk (arzon); qora qurum to’ldirilgan kauchuk (yeyilishga qarshiligi katta); ikkinchisi SKMS – 10 marka bilan ishlab chiqariladi, sovuqqa chidamli.
Butadien-stirolli kauchuklarni boshqa kauchuklar bilan birga ishlatib, texnologik va iqtisodiy xususiyatlari yaxshilangan, ekspluatatsiya tavsiflari kompleksi optimallashtirilgan rezinalarning keng assortimentini hosil qilish mumkin. Butadien-stirolli kauchuklar asosidagi rezinalarning mustahkamlik xususiyatlari qoniqarli, yeyilish, sovuq va suv ta’siriga chidamli, gaz o’tkazmaydi.
Kamchiliklari: ozon ta’sirida yorilib ketishga qarshiligi, yonilg’i va moy ta’siriga chidamliligi kam.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling