Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet44/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Butilkauchuk kislorod ta’siriga, issiqlikdan eskirishga, kislota va ishqorlar ta’siriga bardoshli, gaz o’tkazmasligi juda past. Asosiy kamchiligi – elastikligi va sovuq holda oquvchanligi kam.
NKlar ham, Sklar ham, rezinaga qo’yiladigan sifat ko’rsatkichlariga ega emas. Kauchuk past haroratlarda mo’rt bo’lib qoladi, qizdirganda elastikligini yo’qotib, yumshoq, plastic, neft mahsulotlarida onson eriydigan materialga aylanadi. Shuning uchun kauchukka boshqa unsurlar qo’shib “vulkanizatsiya” (vulkanlashtirish, ko’pchitish) qilinadi. Natijada rezina elastik, mustaxkam bo’ladi, neft maxsulotlarida erimaydi, issiqlikka va yeyilishga bardoshli bo’ladi, yana boshqa qimmatli xususiyatlar hosil qiladi.
Vulkanlovchi guruhda strukturalovchi agent (unsur), ko’pchishni tezlatadigan va faollashtiradigan moddalar bor. Bu moddalarning vazifasi – plastik rezina aralashmasini elastik va mustaxkam rezinaga aylantirishdan iborat. Guruhning moddalari yuqori harorat va bosim sharoitida kauchuk bilan reaktsiyaga kirishib, murakkab kimyoviy o’zgarishlar hosil qiladi.
Shina tayyorlanadigan rezinalar uchun asosiy vulkanlovchi unsur – oltingugurt hisoblanadi. Shuningdek, organik perikislardan, ba’zi metallarning “okis”idan, fenol-formaldegidli qatronlardan ham foydalanish mumkin.
Kauchukka qo’shiladigan oltingugurt miqdori kerakli mustaxkamlik va elastik xususiyatlariga bog’liq. Oltingugurt miqdoriga qarab, yumshoq, yarimqattiq va qattiq rezinalar hosil bo’ladi. Bularning oltingugurt miqdori tegishli ravishda, 1-4%, 6-10% va 30-50%.
Avtomobil shinasining kamerasini, protektorini tayyorlash uchun ishlatiladigan rezinada oltingugurt miqdori tegishlicha, 2% va 3% bo’ladi.
Oltingugurt miqdori 30-50% bo’lganda, rezina juda mustahkam va qattiq (noelastik) bo’ladi, kimyoviy inert material – ebonit hosil bo’ladi. Ebonitdan elektrotexnik buyumlar (masalan, akkumulyator batareyasi bankalari) tayyorlanadi.


4-ilоvа
VULKАNIZАTSII JАRАYONI

Xom rezina tayyorlash uchun kauchuk parcha-parcha qilib qirqiladi va plastik xususiyat berish uchun jo’valar orasidan siqib chiqariladi. Keyin unga, maxsus aralashtirgich uskuna yordamida, kukunsimon unsurlar (vulkanlovchi moddalar, vulkanlanishni tezlatuvchi moddalar, to’ldiruvchilar va shu kabilar) aralashtiriladi. Unsurlarning har biri qat’iy dozada olinadi. Natijada, birjinsli, plastik va kam qayishqoq massa, ya’ni xom rezina hosil bo’ladi. Uni organik eritgichlarga botirganda eriydi, onsongina boshqa shakllarga kiradi, qizdirganda esa yopishqoq bo’lib qoladi[39,40].


Qayishqoqligi yuqori, lekin mustahkam buyumlar (shinalar transmissiya tasmalari, kamarlar) tayyorlash uchun rezina aralashmasi paxta ipdan, poliamid yoki poliefir tolalardan to’qilgan mato yuzasiga qo’yiladi. Rezina mato bilan yaxshi ilashib qolishi uchun presslash yoki shimdirish usullaridan foydalaniladi. Birinchi holda, yoyilgan xom rezinaning yupqa listlari boshqa silliqlaydigan chig’ir mashinasi yordamida matoga presslab bosiladi. Ikkinchi holda, matoga erigan rezina aralashmasi (rezina yelim) shimdiriladi va eritgich moddasi uchib ketishi uchun quritiladi. Keyin rezinalangan moto bichiladi, taxlab-taxlab presslanadi va kerakli buyum holatiga keltiriladi. Qoliplashning har qanday jarayoni vulkanlash ishi bilan yakunlanadi.
Kauchuk uzun-uzun chiziqli molekulalardan iborat. Uni oltingugurt bilan birga qizdirganda (vulkanlanish) molekulalar bir-biriga yopishib, chirmashib, to’rsimon struktura hosil qiladi va kauchuk rezinaga aylanadi. Rezinada chiziqli molekulalardan tashqari uch o’lchamli molekulalar ham bo’ladi.
Molekulalarning yiriklashib, murakkab shaklga kirishishi natijasida rezina elastikligini yo’qotmagan holda qayishqoq bo’ladi, haroratlar va kimyoviy ta’sirlarga bardoshli bo’ladi. Rezina tarkibining uchdan bir hissasi qoraqurumdan iborat. Qoraqurum rezinaning tuzilishiga kristall ko’rinish beradi, mustahkamligini oshiradi.
Vulkanlash ishi qizdirib yoki qizdirmasdan bajariladi. Vulkanlash harorati va davomiyligi rezina aralashmasining tarkibi (kauchuk turi va qo’shilgan tezlatgich moddaning samarasiga qarab)ga qarab aniqlanadi. Odatda 120-1500C haroratda bajariladi.
Detallarni qoliplashda vulkanlash ishi press-formalar ichida va vulkanlovchi gidravlik press yordamida bajariladi. Press bug’ yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Qolip ichida vulkanlash usulida bir jinsli, zich struktura hosil bo’ladi, rezina buyum o’lchamlari aniq, yuzasi toza bo’ladi.
Rezinaning hamma molekulalari uch o’lchamli bo’lib birikmaydi, shuning uchun kauchuk (xom ashyo)ning elastikligi yo’qolmaydi. Agar rezinadagi oltingugurt miqdori 30-35%ga yetkazilsa, uning atomlari kauchukning hamma ipsimon molekulalarini uch o’lchamli qilib birlashtiradi. Bunda kauchuk molekulalari yiriklashadi, elastikligi pasayadi, qattiqligi ortib, ebonit hosil bo’ladi.
Agar kauchuk molekulalarini bir-biriga bog’lash oltingugurt atomlari orqali emas, uglerodni uglerod bilan to’g’ridan-to’g’ri biriktirish orqali amalga oshirilsa (buning uchun harorat 3000C dan yuqori bo’lishi lozim), eskapon deb atalgan qattiq modda hosil bo’ladi. Uning elektrni izolyatsiyalash xususiyatlari favqulodda yaxshi; tiniq, shishasimon massaga o’xshaydi, ishlov berish onson, yaltiraydigan xususiyati bor; kimyoviy barqarorligi yuqori, 400-5000C gacha haroratlarni ko’taradi; radiolakatsiya va radiotexnikada yuqori chastotali dielektrik sifatida ishlatiladi.
Hamma sintetik kauchuklar suv muhitida emulsiyali polimerlash usuli bilan olinadi. Bunday sharoitda hosil bo’ladigan polimer zarralari kolloid zarralarning o’lchamlariga teng. Bu polimer zarralari maxsus modda (emulgator)lar ishtirokida lateks deb atalgan barqaror emulsiya (polimer emulsiyasi) hosil qiladi.
Hozirgi vaqtlarda lateks ko’plab ishlab chiqarilmoqda, ulardan rezina buyumlar, rezina iplar tayyorlanayapti, iplariga shimdirilayapti.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling