Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet46/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Vulkanlanishni tezlatuvchilar jarayon haroratini va davomiyligini kamaytiradi, uskunalar unumdorligini ko’paytiradi (ta’mirlash vaqti qisqaradi), rezina sifatini yaxshilaydi. Ba’zi tezlatuvchilar rezinaning eskirish jarayonini to’xtatadi. Eng ko’p qo’llanadigan tezlatuvchilar: kaptaks, tiuram, altoks, difenilguanidin va boshqalar. Rezina aralashmasiga 0,1-1,5% miqdorda qo’shiladi.
Rezina vaqt o’tishi bilan yorug’lik va issiqlik ta’sirida elastikligini yo’qota borib, qattiq va mo’rt bo’lib qoladi. Buyum yuzasida mayda darzlar hosil bo’ladi. Bu hodisa eskirish deb ataladi va kauchukdagi chegarasiz uglevodorodlarning oksidlanishi bilan izohlanadi. Kauchuklarning oksidlanishi (eskirishi)ga qarshilik qiluvchi unsur sifatida aminlar, fenollar, xinonlar, qatronlar va boshqa moddalar ishlatiladi. Ular rezina aralashmasiga 0,1-1,0% qo’shiladi. Bu moddalar shinalar va rezina-texnik buyumlarning ichki va tashqi yuzalarini issiqlik, yorug’lik va ozonning salbiy ta’sirlaridan saqlaydi.
Plastifikatorlar, ya’ni yumshatgich moddalarga parafin, vazelin, olein kislota, qatronlar, mum kabilar kiradi. Ular rezina aralashmasining kukun unsurlarini bir tekis yoyib, rezinaning plastikligini oshiradi, buyum ishlab chiqarish texnologiya bopligini yaxshilaydi, sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Bo’yoqlar rezinaga turlicha rang berish uchun qo’shiladi. Bular: rux oksidi, titan oksidi, qoraqurum, oxra, yashil kron, ultramarin, anilinli bo’yoqlar va boshqalar. Bo’yoqlar, shuningdek, kuchaytirgich vazifasini ham bajaradi (rux oksidi, qoraqurum).

Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi


6-mаvzu. RЕZINА MАTЕRIАLLАRINING UMUMIY ХОSSАLАRI, TАRKIBI VА ULАRGА TАLАBLАR

Rеzinа vа rеzinа mаhsulоtlаri. Rеzinаlаrning bеlgilаnishi vа ulаrgа tаlаblаr. Rеzinаlаr tаrkibi, tаb’iy vа sintеtik kаuchuklаr. Kаuchuklаrning umumiy хususiyatlаri. Vulkаnizаtsiya jаrаyoni


Tа’lim tехnоlоgiyasi mоduli




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling