Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


-mаvzu. REZINANING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLAI. SHINALARNING TAYYORLASH VA TA’MIRLASH UCHUN MATOLAR


Download 1.88 Mb.
bet49/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

7-mаvzu. REZINANING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLAI. SHINALARNING TAYYORLASH VA TA’MIRLASH UCHUN MATOLAR
Rеjа

  1. Rеzinаlаrning fizik vа kimyoviy хususiyatlаri.

  2. SHinаlаrni tаyyorlаsh vа tа’mirlаsh uchun mаtеriаllаr.

  3. Kаmеrа vа shinаlаrni tаyyorlаsh uchun rеzinа.



Tаyanch ibоrаlаr
Sоvuqqа bаrdоshlilik, egiluvchаnlik, qаttiqlik, eskirishgа qаrshilik, mаtо, kоrd, shinа


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr
Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. V.P. Pаvlоv, P.P. Zаskаlkо Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriа­
    li. M: Trаnspоrt, 1982, 203 s.

  2. О.I. Mаnusаdjаnts, F.V. Smаl Аvtоmоbilnо-ekspluаtаtsiоnniе mаtе­
    riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 208 s.

Qo’shimchа аdаbiyotlаr:

  1. L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli. M: Trаns­
    pоrt, 1986,69s

  2. Хimiki - аvtоlyubitеlyam pоd rеdаktsiеy prоf. А.YA. Mаlkinа. L: Хimiya,
    86 str.

1-ilоvа


REZINANING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI
Rezinaning fizik-mexanik xususiyatlari mustahkamlik, elastiklik, yeyilishga qarshilik, qattiqlik, issiq va sovuq bardoshlilik, elektrlanish va boshqa ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
Mustahkamlik. Transport vositalaridagi rezina detallar cho’zilish va siqilishga ishlaydi. Natural kauchukni cho’zganda, yuklama oshgani sari namuna cho’zila boshlaydi (4.1-rasm). Keyin shunday on bo’ladiki, yuklama ko’paymasa ham, namuna cho’zilishda davom etadi. Bu holat kauchuk “oqayotgani”dan darak beradi, cho’zilish davom etaversa namuna uziladi. NKning cho’zishdagi mustahkamlik chegarasi katta emas, bor-yo’g’i 0,3-0,5 Mn/m2 (3-5 kg/sm2) [21].

4.1-rasm. Cho’zishdagi deformatsiyalar grafigi: 1-natural kauchuk; 2-to’ldiruvchisi yo’q yumshoq rezina; 3-to’ldiruvchisi bor yumshoq rezina; 4- bikir (qattiq) rezina; 5-ebonit.
To’ldiruvchisi yo’q yumshoq rezinani, ya’ni faqat kauchuk, oltingugurt, tezlatuvchidan iborat, vulkanlangan rezina aralashmani cho’zishga sinaganda, ancha katta yuklamalarda (12-14Mn/m2, ya’ni 120-140kgs/sm2) uzilish ro’y beradi. Uzilish onidagi nisbiy uzayish 850-1000%ga yetadi. Bunday katta uzayish kauchuk va rezina molekulalarining tuzilishi bilan bog’liq.
Uzun-uzun, ipsimon molekulalar ochiluvchan va buralib-buralib ketgan, zanjirdagi uglerodning valentli bog’lanishlari 1090 burchak ostida joylashgan. Material massasidagi molekulalar bir-biriga o’ralib-chirmashib ketgan. Kauchuk yoki rezinaga berilgan yuklama ta’sirida bunday betartib joylashgan molekulalar kuch yo’nalishida cho’zilib, biroz to’g’rilanadi.
Bir-biriga yonma-yon joylashgan molekulalar orasida o’zaro tortishish kuchi bo’ladi. Cho’zuvchi kuch ta’sir qilganda molekulalar bir-biriga nisbatan nari-beri siljiydi, oquvchanlik hodisasi ro’y beradi. Lekin molekulalar cho’zilib, bir qator o’rin olganda, oquvchanlik doim ham sodir bo’lavermaydi, oltingugurt atomlari hosil qilgan “ko’prikchalar” molekulalar bir-biridan uzoqlashib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Biroq ko’ndalang bog’lamlar siyrak bo’lsa, o’sha joylarda makromolekulalar yuqori elastik deformatsiyalanaveradi. Shundan keyingi cho’zilishlar har qanday materialga xos elastiklik qonunlari bilan kechadi.
To’ldirilgan, ya’ni hamma unsurlar, jumladan kuchaytiruvchilar bilan ta’minlangan rezinalar ham 1-rasmdagi singari deformatsiyalanadi, lekin cho’zilish va uzilishga katta qarshilik ko’rsatadi. Ularning nisbiy cho’zilishi bir muncha kamroq (600-800%), uzilish mustahkamligi esa 24-30 Mn/m2 (240-300kgs/sm2). Bunda kuchaytirgichning hissasi bor. U sirt modda bo’lib, kauchuk molekulalariga singiydi va ular bilan oltingugurt o’rtasidagi bog’lanishlarni kuchaytiradi, shu yo’l bilan materialni mustahkam qiladi.
Ko’p miqdordagi oltingugurt to’ldirilgan bikir rezinaning cho’zilishidagi mustahkamlik chegarasi 35Mn/m2 (350kgs/sm2), nisbiy cho’zilishi 350-400%. Ebonitning shunday mustahkamligi 52-55 Mn/m2 (520-550 kgs/sm2).
Sintetik kauchukdan tayyorlangan, to’ldirilgan yumshoq rezinaning cho’zilishdagi (18-220Cda) mustahkamlik chegarasi va nisbiy cho’zilishi quyidagicha:


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling