Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»
Download 1.88 Mb.
|
umk nometl materiallar
Vulkanlash jarayoni. Bu ish oltingugurt yordamida bajarilganda, rezina aralashmasi ma’lum haroratgacha qizdiriladi va shu holatda ma’lum muddat ushlab turiladi; shunda oltingugurt atomlari ba’zi joylarda kauchuk molekulalari bilan qo’shaloq bog’lamlar hosil qiladi, molekulalari fazoviy strukturaga ega bo’lgan rezina-material paydo bo’ladi. Bunday qo’shaloq bog’lamlar quyidagi sxema bo’yicha kechadi:
Rezina vulkanlanganda oltingugurt kauchukning to’yinmagan (qo’shaloq) bog’lamli joyiga birikib, kauchukning makromolekulalari orasida ko’prik bo’lib qoladi. Oltingugurtning kauchukka birikishi kimyoviy reaksiyaning asosidir. Reaksiya bilan bir vaqtda termooksidlanish va polimerlanish jarayonlari ham kechib, polimer zanjirlarini bir-biriga ulaydi. Shunday qilib, vulkanlanish jarayoni kauchukning makromolekulalarini qat’iy valentli bog’lamlar bilan biriktiradigan fizik-mexanik jarayonlar kompleksidan iborat ekanligi ko’rinadi. Rezina buyumlarni tayyorlash va ta’mirlashda vulkanlash uchun uchta shart bajarilishi kerak: rezina aralashmasini optimal haroratgacha qizdirish, optimal davomiylikda qizdirish va kerakli bosim hosil qilish[19]. Natural va izoprenli kauchuklardan tayyorlangan rezina aralashmasini vulkanlashning chegaraviy harorati 150-1600C; SKS uchun 150-1600C; SKB uchun 1700C. Shina ta’mirlash korxonalari sharoitida vulkanlash harorati 143-1450C, davomiyligi 30-140 minut, bosimi 6-20kgs/m2 va undan yuqori. Turli xususiyatlarga ega bo’lgan rezina olish uchun kauchukka, oltingugurtdan tashqari, ingredient (unsur) deb atalgan moddalar qo’shiladi[20]. To’ldiruvchilar hamma turdagi rezinalar uchun kerak. Ular kauchuk hajmini oshiradi, demak, arzonlashadi. Bundan tashqari, ba’zi to’ldiruvchilar rezina sifatini yaxshilaydi: qattiqligi, mustahkamligi, uzilish va yeyilishga qarshiligi ortadi. To’ldiruvchi modda sifatida qoraqurum, talk, bo’r, rux oksidi va shu kabilar ishlatiladi. Faol ta’sir qiladigan to’ldiruvchi – kuchaytirgichlar rezinaning mexanik sifatlarini, uzilish va yeyilishga qarshiligini ko’paytiradi. Shina tayyorlanadigan rezinaga 30-60% qoraqurum qo’shiladi. U bir vaqtning o’zida bo’yoq vazifasini ham o’taydi. Faol to’ldiruvchilarning samaradorligi SKB, SKS va SKN asosida olinadigan rezinalarda sezilarli bo’ladi. Ularning mustahkamligi to’ldiruvchi qo’shilmagan rezina aralashmasiga qaraganda 10-12 marta yuqori bo’ladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling