Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet3/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Asfaltsizlantirish – gudrondan smolali asfalt birikmalarini va aromatik polisiklik uglevodorodlarni erituvchilar (suyultirilgan
propan) yordamida ajratib olish va cho‘ktirishdir. Shundan so‘ng moy distillati selektiv tozalashdan o‘tkaziladi. Bunda kerakmas moddalar ekstrakt holatiga, qoldiq moy esa rafinat holatiga o‘tadi. Asfaltsizlantirish jarayoni 2,5–4 MPa bosim va 60–85°C haroratda bajariladi.


Parafinsizlantirish – moy distillatlaridan past haroratlarda kristallanuvchi va moyning past haroratdagi xususiyatlarini yomon-lashtiruvchi parafinli uglevodorodlarni ajratib olishdir. Erituvchi si-fatida aseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Moy erituvchi bilan barcha kerakli haroratgacha so-vitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moydan haydaladi.
Moylarni tozalash usullarining xilma-xilligiga qaramay, olin-gan moy har doim ham qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi deb bo‘lmaydi. Moy sifatining talab darajasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularning tarkibiga moyning bir yoki bir nechta xususi-yatlarini yaxshilovchi qo‘shilmalar qo‘shiladi.



  1. 1. 2. Moyning vazifasi va turlari


Surkov moylari deganda, qaynash harorati 350°C dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan iborat neft fraksiyasi tushuniladi. Moy-lar benzin va dizel yonilg‘isiga nisbatan yuqori qovushoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, sariqdan qoragacha rangda bo‘ladi. Yonilg‘ilar singari suvdan yengil (20°C haroratdagi zichligi 870– 950 kg/m3) bo‘lib, suvda erimaydi.
Ishlatiladigan moylash materiallarining sifati va mos kelishi avtomobilning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlovchi omil-lardan biridir. To‘g‘ri tanlangan yaxshi sifatli surkov moyi agre-gatlarning eng noqulay sharoitlarda ham uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.

Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik moylar) turlarga bo‘linadi.

Olinish usuliga ko‘ra moylar quyidagi turlarga bo‘linadi:

– mineral moylar – tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni ara­ lashtirish yoki qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Mineral moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) neftni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi;


– neft moylari – neft xomashyolaridan olingan tozalangan moy. Neft moylari olinish usuliga ko‘ra distillatli, qoldiq va aralash bo‘lishi mumkin;

– sintetik moylar – sintezlash natijasida olingan moylar. Ishlab chiqarish qimmatligi tufayli ular keng ko‘lamda ishlatilmaydi, eng muhim ishqalanish uzellaridagina ishlatiladi;

– o‘simlik moylari – o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va boshqa o‘simlik moylari ishlatiladi;

–hayvonotmoylari–hayvonotmahsulotlaridanolinadiganmoylar. O‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan organik moylar­ ning moylash xususiyati yuqori bo‘lsa-da, ammo issiqlik ta’siriga chidamliligi past. Shuning uchun ular neft moylariga qo‘shib ish-latiladi.

Organik moylar yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ish-latiladi.

Plastik moylar mineral yoki organik moylarni quyultirish yo‘li bilan olinadigan murakkab tarkibli mahsulotdir. Ulardan juda keng foydalaniladi. Organik va mineral moylarning asosiy kamchiligi ularni ishlatish mumkin bo‘lgan harorat chegaralari oralig‘ining kichikligidir. Harorat –20°C dan past bo‘lganida ko‘p moylar qo-tib qoladi, 150–200°C haroratlarda ishlatilganida esa tez bug‘lana boshlaydi va oksidlanadi. Bu moylar yaramaydigan hollarda sinte-tik moylardan foydalanish tavsiya etiladi.

Davlat standarti talablariga binoan, neft moylari ishlatilish so-hasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

– motor moylari (benzinli, dezelli va gaz turbinali dvigatellar­ uchun);

– transmission moylar (gidrouzatmalar, gidrodinamik va gidro-hajmiy uzatmalar uchun);

– maxsus (turbina, kompressor va boshqa moylar);

– turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar.

Avtomobil agregatlarini moylashda, asosan, motor va transmis-sion moylardan foydalaniladi.

Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ular-dan eng asosiylari quyidagilardir: detallarning yeyilishini kamayti-rish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish; detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silin-dri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy tizimi bo‘yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo‘lsa-da sovitish; ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo‘lgan yemirilish mahsulotlarini filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan himoya qilish.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni yoki ularning bir qismining­ yetarli darajada uzoq muddat davomida ta’minlanishiga erishish uchun moylar bir qator ekspluatatsion talablarga javob berishi lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari quyidagilardir: moyning qotish harorati imkon qadar past bo‘lishi va ishqalanuvchi de-tallarning ishonchli­ ishlashini ta’minlovchi qovushoqlikka ega bo‘lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish uchun yaxshi moylash xossasiga ega bo‘lishi; fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi yetarli darajada bo‘lishi; metallarni korrozion yemi­ rilishdan saqlashi, shuningdek, tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi lozim.

Bundan tashqari, moyning qimmatbaholigi va o‘t olish xavfini ham hisobga olish lozim.

Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir necha ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkichlarning qiymati­ turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar uchun Davlat stan-darti asosida me’yorlashtirilgan. Quyida moylarning asosiy sifat ko‘rsatkichlarining mohiyatini va bu ko‘rsatkichlarning avtomobil dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va uzoq muddat ishlashiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.





  1. 1. 3. Moyning qotish harorati va uni pasaytirish usullari

Moylash materiallari ma’lum bir haroratda o‘zining oquvchanlik xususiyatini yo‘qotadi. Moyning oquvchanlik xususiyatini yo‘qo-tishi sovuq ta’sirida moy tarkibidagi uglevodorod kristallarining ajralishi oqibatida kristall karkas hosil bo‘lishi yoki sovuq ta’sirida moy qovushoqligining katta qiymatga ega bo‘lishi natijasida amal-ga oshadi. Neftdan olinadigan ko‘pchilik moylar o‘z oquvchanligi-ni bir paytda yuqoridagi sabablar tufayli yo‘qotadi. Barcha holatlar-da moy oquvchanligining yo‘qolish harorati dizel yonilg‘ilaridagi kabi aniqlanadi va moyning qotish harorati deyiladi.

Tarkibidan qattiq fazalar ajralib chiqqan va oquvchanlik xususi-yati yo‘qolgan moylardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Shuning uchun har qanday moyga qotish haroratining yuqori qiymati cheg-arasi bo‘yicha talablar qo‘yiladi.

Moylash materiallarini ishlab chiqarishda olinadigan mahsulot-ning qotish haroratini pasaytirishga yo‘naltirilgan bir qator cho-ra-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan biri moy suyuqlanish harorati nisbatan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan parafinsizlan-tirish yo‘li bilan tozalanadi va tozalangan moy tarkibiga depressor qo‘shilmalar (depressorlar) qo‘shilib, moyning qotish harorati se­ zilarli darajada pasaytiriladi.

Qotish haroratining ekspluatatsion qiymati haqida aniq tasav­ vurga ega bo‘lish lozim. Unga ko‘ra, moylarni saqlashda bajariladi-gan ishlar, moylash tizimini moyni qizdirmasdan moy bilan to‘ldi-rish imkoniyatlarini baholash mumkin.



  1. 1. 4. Moylarning qovushoqlik xossalari



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling