Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar


Download 0.77 Mb.
bet74/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformal-degid smolalar asosida olinadigan ВФ tipidagi yelimlar ancha keng tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140–200°C haroratda ba-jariladi. Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1–2 MPa (1–200 kgk/sm2) bosim ostida 0,5–1,0 soat tutib turiladi. Ular metallarni o‘zaro va plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. БФ–6 yelimida plasti-fikatorlar ko‘p bo‘lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o‘za-ro, shuningdek, metallarga yopishtirishda foydalaniladi. БФ tipida-gi yelimlarning qovushoqligi 30–60 s oralig‘ida bo‘ladi. Yelimning qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nis-batan 10–20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60°C dan 60°C gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo‘lgan mustahkamligi 12–15 MPa ga yetadi. Bu smolalar asosida yana-da issiqqa chid-amliroq (ish harorati minus 60°C dan 300°C gacha) ВС yelimlari ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning frik-sion kolodkalari va tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelim-lab biriktirishda foydalaniladi (140–180°C gacha qizdirilganida qotadi). ВС yelimlarining qovushoqligi 50–120 s, quruq qoldiq ulushi 20– 30 foiz va siljishga bo‘lgan mustahkamligi 17 MPa ni tashkil etadi. БФ va БС yelimlari tayyor holda yetkazib beriladi. Yopiq idishda keltirilqan bunday yelimlarni xona haroratida 6–8 oy saqlash mumkin.

Keyingi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘lodkalar-ga yopishtirish uchun ГИПК 11–10 (ish harorati minus 40 dan 330°C), antifriksion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun ГИПК 11–12 (ish harorati minus 70 dan 280 °C gacha) tipidagi fenolformaldegid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.

So‘nggi yillarda fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.



Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar. Bu yelimlar sovuqlayin va qaynoq holda qotadigan turlarga bo‘linadi ular asosida fizika-viy-mexanikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo‘lgan birikmalar hosil qilinadi. Epoksidli yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar suv, moy va benzin ta’siriga chidamli bo‘ladi. Avtomobillarni ta’mir-
298
lashda sovuqlayin qotadigan epoksidli yelimlardan nisbatan keng foydalaniladi. Epoksid kompozitsiyalar 1 dan 21 gacha raqam bilan ifodalanadigan tarkibda ishlab chiqariladi. 4, 13–16 va 19 raqamli tarkiblarning asosini ЕД–20 smolasi, qolgan tarkiblarning asosini esa ЕД–16 smolasi tashkil etadi. Bu epoksidli kompozitsiyalarning­ tarkibida 10 foizdan 25 foizgacha plastifikator – dibutilftalat (20 va 21 raqamli tarkiblarda mos ravishda 60 va 50 foiz) bo‘ladi. Bu kompozitsiyalar epoksidli smolaga 10–12 foiz qotirgich qo‘shib tayyorlanadi. Qotirgich sifatida polietilenpoliamindan foydala-niladi. proksidli kompozitsiyalarga to‘ldirgich sifatida aluminiy kukuiv. maydalangan sluda, grafit, cho‘yan kukuni, temir oksidi va gaz qurumidan foydalaniladi.
Avtomobillar ishlab chiqarishda qaynoq holda qotadigan УП–5– 207 epoksidli yelimidan keng foydalaniladi. Ular eshiklarning ichki­ va tashqi panellarini, kapot va yukxona qovurg‘alarini biriktirishda ishlatiladi. Shuningdek, epoksidli smolalar asosidagi yelimlardan silindrlar blokidagi, silindrlar kallagidagi, ilashish muftasi va uzat­ malar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg‘i bakidagi darz ketgan joylarni va teshiklarni ta’mirlashda foyda­ laniladi.

Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90–93 foiz epoksid smolaga 7–10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorla-nadi. Tayyorlangan yelimni 1–2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birik-malar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60–150°C. Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallar-ni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).

Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sha-roitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi­

299
ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120–200°C haroratda 0,5– 4,0 soat mobaynida kechadi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling