Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Poliuretan smola asosidagi yelimlar


Download 0.77 Mb.
bet75/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosi-dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona harorati-da va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlarning gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure-tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi-yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga-rishiga chidamli.
Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11К–1, Вилад 13– 2M, ГПК 24–11, КЛМ–1, РУ–2, ВК–5, ВК–11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar­ ning siljishdagi mustahkamligi 3–20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin.

Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal-gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish-latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130–200°C haroratda va 0,5–1,2 MPa (5–12 kgk/sm2) bosim ostida 1–4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni-da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi.


Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelim-lar. Polivinilxlorid organik erituvchilarda yomon eriydi, shuning uchun ular plastizol deb ataluvchi plastifikatordagi pastasimon dispersiya ko‘rinishida ishlatiladi. Plastizol tarkibida polivinil­ xloriddan tashqari stabilizatorlar, to‘ldirgichlar, pigmentlar, adgezi-on qo‘shilmalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Polivinilxlorid poli-merlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar Д–1А, Д–4А, Д–7A,
300
ГИПК–133, ПФ–1А kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelim-lar asosida hosil qilingan birikmalarning siljishdagi mustahkamligi 1,5–10 МPа oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60°C dan 130°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 1–3 oygacha muddatda saqlash mum-kin. Ularni havo filtrlari qopqoqlarini quyishda, payvand choklarini jipslashda, moy filtrlari kartonli elementlarini yelimlashda, antikor-rozion va shovqinga qarshi himoya vositasida ishlatiladi.
Shuningdek, polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosi-da avtomobillarni ta’mirlashda ishlatiladigan Mars, Feniks, MC–1, РЕД–В kabi yelimlar ishlab chiqariladi. Ularni minus 40 dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ularni saqlash muddati 3 oy-dan 1 yilgacha. Bu yelimlardan asosan avtomobil salonlari va ka-binalarini pardozlashda foydalaniladi.







Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling