Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Bo‘yoqning berkituvchanligi


Download 0.77 Mb.
bet71/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Bo‘yoqning berkituvchanligi. Bo‘yoq bir jinsli yuzaga bir tekis qilib surtilganda shu yuzaning avvalgi rangini ko‘rinmaydigan hol-ga keltirish xususiyati yoki ular oq-qora rangli yuzaga surtilganida undagi oq va qora joylar orasidagi farq yo‘qolib, yuzaning hamma-sini bir xil rangli qilib ko‘rsata olish xususiyatlari shu bo‘yoq va emalning biriktiruvchanligi deyiladi.
Son jihatidan esa bo‘yoqlarning berkituvchanligi 1 m2 yuzaning oldingi rangini ko‘rinmaydigan holga kelguncha bo‘yash uchun sarf bo‘lgan bo‘yoqning gramm hisobidagi miqdori bilan ifodala-

287
nadi. Ishlatishga yaroqli bo‘lgan moyli bo‘yoqlar va emallarning berkituvchanligi, odatda, yo‘lli oyna plastinka yoki shaxmat taxtasi usuli bilan aniqlanadi. Ikkala holda ham cho‘tka bilan surtilgan va hali qotmagan emal va bo‘yoqlarning berkituvchanligi aniqlanadi.



Boyoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordami-da aniqlash. Bunda qalinligi 2–2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan kesib olingan 100–300 mm o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan tasma shaklidagi uch yo‘l bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni qora, o‘rtasi esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayot-gan material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz usti-ga qo‘yilgan plastinkaning sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq surtilgan ranglar ko‘rinmay qolgunicha bo‘yash davom ettiriladi. Agar birinchi qatlam berilganidan so‘ng oq va qora yo‘llar ko‘rin-sa, u holda qatlam 5 daqiqa davomida quritiladi va ikkinchi qatlam bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli ranglar ko‘rinmay qolgunicha davom ettiriladi. Shundan so‘ng bo‘yalgan oyna plastinka 50–60°C haroratda 10 daqiqa davomida quritiladi. Bo‘yashdan oldin va bo‘yalganidan keyin plastinka tor-tiladi va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan sinalayotgan bo‘yoqning miqdori aniqlanadi.


Bo‘yoqning qovushoqligi. Qovushoqlik lok-bo‘yoq materi-allarining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va bo‘yoq tayyorlash jarayonida qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlash zarur.
Bo‘yoqning qovushoqligini aniqlashda BЗ–4 rusumli viskozi­ metrdan (11. 2- rasm) foydalaniladi.

BЗ–4 viskozimetrining sig‘imi 100 ml bo‘lgan plastmassa stakan l ko‘rinishida tayyorlangan bolib, tubida diametri 4 mm bo‘lgan ka-librlangan teshik mavjud, bu teshik po‘lat zoldir 2 bilan berkitiladi, zoldir yuzasiga stakandan tashqariga chiqib turuvchi simli ip kav­ sharlangan. Viskozimetr yuqori sathigacha sinalishi lozim bo‘lgan bo‘yoq bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng bo‘yoqning qovushoqli-gi uning stakandan oqib tushish vaqtini sekundomerda aniqlash

288
yo‘li bilan belgilanadi. Sekundomer zoldir unga kavsharlangan sim yordamida bo‘yoqdan tezlik bilan tortib chiqarilgan paytda ishga tushiriladi va bo‘yoqning stakandan to‘la oqib tushgungacha o‘tgan vaqt uning qovushoqligi deb belgilanadi.



    1. 2- rasm. BЗ–4 viskozometrining umumiy ko‘rinishi:

  1. viskozimetr BЗ–4 ning shtativga o‘rnatilgan ko‘rinishi: 1 – stakan;




2 – zoldir; 3 – shtativ;

  1. viskozimetr BЗ–4: 1 – rezervuar; 2oqizish uchun tarnov; 3 – zanglamaydigan­ metalldan tayyorlangan soplo.


Xona haroratida bo‘yoqning qovushoqligi quyidagi chegaralar-da bo‘lishi lozim: maxsus bo‘yoq sepuvchi moslamalarda sepish-ga yaroqli bo‘lgan bo‘yoqning qovushoqligi 20–30 s chegarasida, cho‘tka yordamida ishlatiladigan bo‘yoqlar uchun esa 30–60 s che-garasida bo‘lishi lozim.

Bo‘yoqning viskozimetrdan oqib tushish vaqti 20 sekunddan kam bo‘lsa, bo‘yoqning qovushoqligi yetarli bo‘lmaydi, shu bilan birga, bo‘yoqning berkituvchanlik xususiyati past bo‘ladi. Bunday bo‘yoqlardan foydalanilganida material isrofi ortib ketadi. Shuning uchun bunday bo‘yoqni ishlatishdan oldin suyultirilmagan bo‘yoq qo‘shib, zarur qovushoqlikkacha quyultirish lozim.

289


11. 3- rasm. Elastilikni


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling