Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Lok-bo‘yoq materiallarining tasnifi va ishlatiladigan sohasi
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material Belgi- Markasi
278 279
5. Gruntovka Gruntovka bo‘yovchi modda (50–70 foiz) va to‘ldirgich (talk bur)ning moyli yoki sintetik loklardagi aralashmasidan iborat. Gruntovkalarga qo‘yiladigan asosiy talab shuki, ular bo‘yaladigan materiallarning govaklariga kirib, sirt bilan mustahkam ilashishi lozim (gruntovkalar haqidagi ma’lumot 11. 3- jadvalda keltirilgan). Buning uchun gruntovka bo‘yovchi modda va to‘ldirgichning juda mayda zarralaridan iborat bir xil tarkibga ega bo‘lishi kerak. Ish-latishdan oldin, gruntovka qovushoqligini kamaytirishi uchun u erituvchi bilan suyultiriladi. Bo‘yovchi moddalar sifatida qo‘rg‘o shinli va ruxli oq emal, temir surigi va boshqa materiallardan foy-dalaniladi. Qo‘rg‘oshin surugi metall sirtiga himoya pardasini ho-sil qilib, elektrokimyoviy korroziyaning rivojlanishini sekinlatadi. Ruxli oq emal asosida tayyorlangan gruntovkadan foydalanilgani-da metall korroziyalanmaydi, chunki, birinchi navbatta, aktivroq bo‘lgan rux yemiriladi. Metall sirtlar uchun gliftalli va fenolli ГФ–073, ГФ–089, ФЛ– 03к gruntovkalaridan, yog‘och sirtlar uchun suv emulsion ПФ–099, ФЛ–093, ВАУ–0150 gruntovkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘p hollarda avtomobillarni bo‘yashda ГФ–020 gruntovkasi-dan foydalaniladi. ЕФ–083 epoksid gruntovkasi barcha talablarga javob beradi.
280 281
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling