Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
rat, °C ligi, soat
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilar
- Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
Shpaklovkalar quyuq pastadan iborat bo‘lgani sababli, qurig-anida yorilib, uvalanib ketmasligi uchun shpaklovka qatlami ning umumiy qalinligi 2 mm dan, bir marta surtilgan qatlamning qalinligi esa 0,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Gruntovkalan-gan sirtning avval biror yeriga, so‘ngra butun sirtiga yaxlit qilib shpaklovka surtiladi. Qatlamlarning umumiy soni to‘rttadan osh- 284
7. Erituvchilar Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton, ksilol, uayt-spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi) va ularning aralashmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda ho-sil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda chiqariladigan P–4, P–5, 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa suyuqliklardan foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda etil, butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritma-lardir. To‘liq ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘ yoqni ketkazish zarur. Buning uchun turli erituvchi va yuvish suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1 suyuqligining ta’siri kuchli bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu suyuqlikni ish o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt, toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30– 40°C gacha isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi. Zanglarni ketkazish uchun tarkibida kislotalar, organik to‘ldir-gichlar bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. Sanoatda tarkibi-da ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan 1120 raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirt-da fosfat pardasi hosil qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich bilan surti-ladi va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Shundan keyin ish-lov berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107 raqamli suyuqlik (ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. 285
Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar bo‘ladi. Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi, ochiq havoda shamol esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foy-dalanish zarur. Sirtlarni bo‘yashga tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi ope ratsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda uayt-spirit yoki benzin-eri tuvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari tarkibidagi mod-dalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda (o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 1 g suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya etish mumkin. Sintetik yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Yaxshi yog‘sizlantiradigan sirtda suv tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib ketadi. Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq purkagich yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar pur-kagichdan foydalanilsa, bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular tarzda yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal polosalar tarzida, so‘ngra gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina bir tekis qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi uchun xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan haroratda bajarish lozim. Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan qattiq parda hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari baja rilsa, asosiy lok-bo‘yoq materiallari (shpaklovka, gruntovka, emal) 286
8. Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini baholashda bir qator ko‘r satkichlarga asoslaniladi: bo‘yoqning berkituvchanligi, qovushoq ligi, mustahkamligi, qurish tezligi va boshqalar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling