Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Alkidli smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘ yoq materiallari.
Alkidli smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari. Bun-day bo‘yoqlardan parda hosil qiluvchi sifatida alkidli smolalardan foydalaniladi (alkidli smolalar ko‘p asosli kislotalari ko‘р atomli spirtlarda polikondensatsiyalash mahsulotidir). Bunday parda ho-sil qiluvchilarning eng muhimlari gliftal (ikki asosli ftalat kislotani glitserindagi eritmasi) va pentaftal (pentaeritritning to‘rt atomli spirtdagi eritmasi)dir.
Alkidli smolalarni eritishda skipidar, uayt-spirit va solvent (toshko‘mir smolasini haydashda ajralib chiqadigan aromatik ug-levodorodlar aralashmasi) ko‘rinishidagi uglevodorodli erituvchi-lardan foydalaniladi. Gliftalli va pentaftalli smolalarning eritmalari gliftalli va pentaftalli loklar deb yuritiladi. Ularga pigment, to‘ldir-gich va boshqa komponentlar qo‘shib gruntovkalar (ГФ–020, ГФ– 073, ГФ–089), gruntli shpaklovkalar (ГФ–018), shpaklovkalar (ГФ–075, ПФ–002) va emallar (ГФ–571 va boshqalar) olinadi. Gliftalli va pentaftalli qoplamalar (bunday bo‘yoqlar yordamida birinchi klass qoplama hosil qilish uchun uchta qatlam bo‘yoq be rish lozim, nitroemal yordamida bunday qoplam hosil qilish uchun 5–7 qatlam bo‘yoq berish kerak) yuqori adgezion xususiyatga, at-mosfera ta’siriga chidamliligi yuqori, katta mustahkamlikka, yetarli 275
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qoplamalar ho-sil qilish uchun pentaftalli bo‘yoq qatlami 80°C va undan yuqori, gliftalli bo‘yoq esa 100°C va undan yuqori haroratlarda quritilishi lozim. Xona haroratida quritilganida hosil bo‘ladigan qoplama si-fati nisbatan past bo‘ladi. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘ yoq materiallari. Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq ma-teriallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning aralash-malaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Ma salan, qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroq ligini oshirish uchun emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bun-day modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza nitroemalga xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan nitrogliftalli emal olinadi. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar jumlasiga МЛ–12 turidagi melaminalkidli emallar ham kiradi. Melaminalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va melaminformal-degidli smolalar aralashmasidagi pigmentlar suspenziyasidan iborat bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning qovushoqligini ta’minlashda solvet yoki maxsus erituvchilardan (№ 651 va boshqalar) foyda-laniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli qoplama-lar hosil qilish uchun ularni yuqori haroratlarda (120–140°C) qu-ritish lozim. Ular jilolamasdan turib yaxshi yaltiraydigan, suv va neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, elastik, qattiq qoplama olish imkonini beradi. МЛ–12 turidagi emallar taxminan 100 xil rangda ishlab chiqariladi. Avtomobil sanoatida МЛ–12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi 276
Ko‘pgina lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit loki kabi termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikator emallar 200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar qoplama 110– 140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari yaxshilanadi. Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va ularni belgilashda bir xillikning yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan holda ushbu material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil avtomobillar va yuk avto-mobillarini bo‘yashda ishlatiladigan asosiy lok-bo‘yoq materiallari to‘g‘risida ma’lumot 11. 1- va 11. 2- jadvallarda keltirilgan. 277
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling