Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamlarni markalash
- Asosiy lok-bo‘yoq materiallari
1- rasm. Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi.
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xiz mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok-bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘tay-di. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi, ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyala-nishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odat-da, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirt-ga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilgani-da unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘la-di. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foy- 268
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalan-gan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sha-roitlarga asoslanib tanlab olinadi. Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka, purkagich, shu jumladan, elektrostatik maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan be riladi. Bo‘yoqning har bir qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi, jilolanadi, loklanadi. Yengil avtomobillarning kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan iborat bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablari-ga mos kelishi lozim (1054–82), ya’ni sirti silliq, bir xil rangda bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk avtomobil larining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 2–3 qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi kerak (tekis, silliq yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar bo‘lishiga ruxsat etiladi). 269
Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt, shpaklovka, bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat. Suyuq (paxta, kungaboqar va boshqa moylar) va qattiq (alifning turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar hisoblanadi. Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok deyiladi. Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki: Alif + pigment → moyli bo‘yoq; Lok + pigment → emalli bo‘yoq ko‘rinishida bo‘ladi. Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘o shin, rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noor-ganik moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berish-dan iborat. Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, eri tuvchi va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun qo‘shimcha, qoplam elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar, bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (kataliza-tor) lar qo‘shiladi.
3. Lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamlarni markalash Mamlakatimizda lok-bo‘yoq materiallari 825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra, ular asosidagi qoplamlar esa 9. 032–74- sonli Davlat standartiga ko‘ra markalanadi. 9825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va bo‘yoqlarni markalashda chapdan o‘ngga tomon o‘qiladigan 5 ta belgilar guruhidan foydalaniladi: 1- guruhga quyidagilardan biri kiradi: lok, gruntovka, shpaklov-ka, emal. 2- guruhga 2 ta harf bilan ifodalanadigan asosiy plyonka hosil qiluvchilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Asosiy plyonka hosil qiluvchilar quyidagicha belgilanadi:
270 271
2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi. Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi: Gruntovka va loklar 0 Shpaklovkalar 00 Atmosfera ta’siriga chidamli 1 Atmosfera ta’siriga chidamliligi chegaralangan (yopiq joyda, xonada foydalanish tavsiya etiladi) 2 Konservatsion 3 Suv ta’siriga chidamli 4 Teri, rezina materiallarni tashqi tomondan qoplash uchun 5 Moy va benzin ta’siriga chidamli 6 Kimyoviy ta’sirga chidamli 7 Issiqlik ta’siriga chidamli (60°С dan 500°С gacha) 8 Elektroizolatsion 9 4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan belgi ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini ko‘rsata-di va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi yoki uzilish bo‘lmaydi. 5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ГФ–020, nitrolok asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil qilish uchun zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15 himoyalovchi-zan-gori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo‘yoq MA–11 jigarrang ko‘rinishida belgilanadi. Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar chapdan o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar asosida belgi-lanadi: – qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73- sonli Davlat standarti bo‘yicha); – tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan I dan VII gacha belgilanadi); 272
Masalan, moy ta’siriga chidamli melaminoalkidli qizil rangli qoplam quyidagicha markalanadi: Emal МЛ–12–90, qizil, II, M. 4. Asosiy lok-bo‘yoq materiallari Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling