Moylarning ishchi haroratdagi qovushoqligi. Moylash mate-riallariga qo‘yiladigan muhim talablardan biri moyning qovushoq lik xususiyatiga bo‘lgan talablardir. Turli uzellarda suyuqlikning ishqalanish hosil qilishi, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, oson-gina yurgizib yuborish va boshqalar qovushoqlikka bog‘liq bo‘ladi.
Moy ishchi haroratda ma’lum qovushoqlikka еgа bo‘lishi va harorat ta’sirida moy qovushoqligi imkoniyat qadar kam o‘zgarishi lozim.
Moylarning qovushoqligi mexanizmlar ishiga katta ta’sir ko‘rsa-tadi. Har bir konkret hol uchun qovushoqlikni to‘g‘ri tanlash lozim. Qovushoqligi juda ham past bo‘lgan moylar detallar orasidagi tir qishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi jadallashadi va moylash materialining sarfi ortadi. Aksincha, moy qovushoqligi juda ham yuqori bo‘lganida, o‘zaro ishqalanuvchi de-tallar orasidagi tirqishga moy yetkazib berish qiyinlashadi, buning natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu bilan birga, moylangan yoki moy vannasiga cho‘ktirilgan detallarni harakatlan-tirish uchun energiya sarfi ortib ketadi (5. 2- rasm).
2- rasm. Moy qovushoqligining harorat t ga bog‘liqligi: 1 – М–10Г2; 2 – М –6А; 3 – M–43F6B1.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan mexanizm va agregatlarni moy-lashda ishlatiladigan moylarning ishchi harorati bir xil bo‘lmaydi. Sanoatda ishlatiladigan jihozlarda foydalaniladigan moylarning ish harorati taxminan 50°C bo‘ladi, shuning uchun standartlarda sa-
noat moylari uchun 50°C dagi qovushoqlik beriladi. Motor moyla-rining ishchi harorati 100°C deb qabul qilingan, ya’ni ichki yonuv dvigatellarining past haroratli zonasidagi (karter, tirsakli val) moy haroratining o‘rtacha qiymati. Ko‘pchilik avtomobillarning trans-missiyasida ishlatiladigan moylarning maksimal harorati 100°C ga yaqin bo‘lganligi uchun transmission moylarning qovushoqlik xu susiyatlari ham 100°C dagi qovushoqlikka nisbatan beriladi.
Barcha turdagi motor moylarini va bir qator transmission moy larni markalashda moyning 100°C haroratdagi qovushoqligi o‘z aksini topadi. Masalan, М8Б1 markali moyda 8 raqami moyning 100°C dagi qovushoqligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |