Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqligi
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moyning turg‘unligi, korroziyaga qarshi xossalari hamda moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori
- Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar
- Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar.
Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqligi. Ekspluatatsi-ya sharoitining doimiy emasligi tezlik va yuklanish omillarining o‘zgarib turishi, yil fasllarining o‘zgarishi uzel va agregatlarda ishlatilayotgan moylarning harorati o‘zgarishiga olib keladi. Ish haroratining o‘zgarishi natijasida moyning qovushoqligi imkoniyat qadar kam o‘zgarishini ta’minlash uchun moy qovushoqligi harorat ta’sirida kam o‘zgarishi bo‘yicha talablar qo‘yiladi.
Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqlik tavsifi sifati-da moyning 50°C va 100°C lardagi qovushoqliklari orasidagi farqdan foydalaniladi. Moy tarkibiga bir necha ming xil turdagi uglevodorodlar kirganligidan harorat o‘zgarishi bilan ularning qan-day holatga kelishini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun motor moylariga oid standartlarda faqat 100°C dagi qovushoqlik qiymati-nigina keltirmasdan, 0°C dagi qovushoqlik qiymati ham keltiriladi, shuningdek, qovushoqlik indeksi ko‘rsatiladi. Qovushoqlik indeksi o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovushoqligini haroratga bog‘liq holda o‘zgarish daraja sini ko‘rsatadi. Qovushoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va nomogrammalardan foydalaniladi. Harakat o‘zgarishi bilan, qovushoqligi qancha kam o‘zgarsa, moyning qovushoqlik xossalari shuncha yomon va qovushoqlik in-deksi past bo‘ladi. Indeksi yuqori bo‘lgan moyning qovushoqligi yuqori bo‘ladi, bunday moylar yuqori haroratlarda ishqalanayotgan detallarni ishonchli holda moylaydi, past haroratlarda esa dvigatelni yurgazib yuborishni qiyinlashtiradigan darajada quyuqlashmaydi. Ko‘pchilik hollarda moylarning standart haroratlardan bosh-qa haroratlardagi qovushoqligini aniqlash zarurati paydo bo‘ladi. Moyning belgilangan qovushoqlikka еgа bo‘lish haroratini (dvi-gatellar uchun moyning ishga tushirish xususiyatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan) aniqlash yana-da muhim. Qator tekshirishlar nati-jasida dvigatelning oson ishga tushirilishini ta’minlaydigan va bun-da detallarning kuyish va jadal yeyilishining oldini olishni ta’min- laydigan qovushoqlik chegarasi motor moylari uchun 1 · 104 mm2/s deb belgilangan. Moyning ishga tushirish xususiyati deganda, moy qovushoqligi 1–104 mm2/s bo‘ladigan haroratni hisoblash yo‘li bi- lan aniqlash tushuniladi. Moy qovushoqligi 2–104 mm2/s gа yetsa, moyni moylash tizimida aylanishi to‘xtaydi. Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqlik xususiyatini yax-shilashning eng samarali usullaridan biri moyga qovushoqligi yuqori bo‘lgan qo‘shilmalar qo‘shishdir. Bunday qo‘shilmalardan nisbatan keng tarqalgani molekular massasi 10000–20000 gacha bo‘lgan poliizobutilendir. Poliizobutilen va boshqa qo‘shilmalarni moyga 2–5 foiz miqdorida aralashtirish moyning qovushoqligini bir necha marta (har qanday haroratlarda deyarli bir xil) oshiradi. Moylarga qo‘shilmalar qo‘shib quyultirish yo‘li bilan bir qa-tor moylar olinadi, jumladan, keng qo‘llaniladigan moylardan biri – M–43/6B1 moyi. Vazifasi va 100°C dagi qovushoqligi bir xil bo‘lgan M–6A va M–43/6B1 moylarini o‘zaro taqqoslash ularning harorat ta’sirida o‘z xususiyatlarini turlicha o‘zgartirishini ko‘rsa-tadi. M–6A moyidan foydalanilganida dvigatelni ishga tushirish mumkin bo‘lgan eng past harorat (qizdirmasdan) minus 25°C bo‘lsa, M–43/6B1 moyidan (quyultirilgan moy) foydalanilganida esa minus 40°C.
1. 5. Moyning turg‘unligi, korroziyaga qarshi xossalari hamda moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori Moylarga, yonilg‘ilarga qo‘yilgani kabi, ularning metallarga kor-rozion ta’sirining minimal bo‘lishi, tarkibida mexanik aralashmalar va suvning bo‘lmasligi bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Moylar detallar-ni korroziyalanishdan ishonchli saqlashi lozim. Korroziyalanish tezligi moy tarkibidagi yoki ish jarayonida hosil bo‘ladigan mexa nik aralashmalar, suv, suvda eriydigan kislotalarga bog‘liq. Mineral kislotalar detallarning jadal korroziyalanishiga sabab bo‘ladi, shu ning uchun, standartlarga ko‘ra, moylar tarkibida ularning bo‘lishi-ga ruxsat etilmaydi. Aktivligi ancha past bo‘lgan kislotali organik moddalar hamma moylarda bo‘ladi. Ularning miqdori kislota soni bilan belgilanadi. Kislota soni 1 g moydagi kislotalarni neytrallash uchun necha milligramm o‘yuvchi kaliy kerakligini bildiradi. Ish davomida moyda organik kislotalar miqdori ortadi, buning natijasida rangli metalldan yasalgan detallarning yemirilishi orta-di. Bundan tashqari, yonish kamerasidan dvigatel karteriga ish ba-jargan gazlar bilan birga oltingugurt oksidlar va kislotalar tushadi. Bu korroziyalovchi aktiv moddalar moyda asta-sekin to‘planadi. Yonilg‘ida oltingugurt qancha ko‘p bo‘lsa, moyning korroziyalan-ish xossasi shuncha ortadi. Tarkibida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lgan yonilg‘idan keng foydalanish dvigatel detallarini korroziyalanishdan saqlash uchun maxsus choralar ko‘rishni talab qiladi. Yonilg‘iga korroziyala nishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shish sirtlarni korroziyalanishdan saqlashning eng samarali usulidir. Bunday qo‘shilmalar sifatida fosforli yoki oltingugurtli moddalardan foydalaniladi. Bu aktiv ele mentlar metall sirtida himoya pardalarini hosil qiladi. Bu pardalar kislotalar ta’sirida yemirilsa ham, muntazam kelib turuvchi yan-gi moy porsiyalari hisobiga qayta tiklanadi. Metall sirti korrozion yemirilishdan shu tarzda ishonchli himoyalanadi. Korrozion yemirilish tezligiga suv katta ta’sir ko‘rsatadi. Stand-artlarga ko‘ra, yangi moylarda suv bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Le-kin moyni noto‘g‘ri tashish, saqlash va mashinaga noto‘g‘ri quyish natijasida moyga suv tushishi mumkin. Bundan tashqari, ish vaqti-da dvigatelga gazlar bilan birga kiruvchi suv bug‘lari moyga tu-shadi. Bu gazlar yonilg‘idagi vodorodning yonishi natijasida pay-do bo‘lganligidan ularda ko‘p suv bo‘ladi. Shu sababli kimyoviy yeyilishning oldini olishning asosiy shartlaridan biri ishlatiladi-gan moylarda suv bo‘lmasligiga erishishdir. Bir qator moylarning tarkibida oz miqdorda (0,025 foizgacha) suv bo‘lishiga, shuning-dek, foizning yuzdan bir ulushi miqdorida mexanik aralashmalar bo‘lishiga ruxsat etiladi. Mazutdan olingan barcha moylar 50°C haroratgacha yuqori fizikaviy va kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘ladi. Ular tashish va uzoq vaqt saqlash jarayonida o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada o‘zgartirmaydi. Shuning uchun moy zaxiralarini 5 yil va undan or-tiq muddat saqlashga ruxsat etiladi. Moy harorati 50°C dan ortganida (bu holat amaliyotda ko‘p uchraydi) esa, moyning fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi keskin pasayadi, korrozion ta’siri esa keskin ortadi. Yuqori haroratlarda avtomobillarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun moylarga turli xil qo‘shilmalar qo‘shiladi. Standartlarda moyning metallarga ta’sirini bevosita baholovchi ko‘rsatkich – korroziyalash ta’siri ham me’yorlanadi. Uni baho lashning bir necha usuli mavjud bo‘lsa ham, aniqlash mezoni bir xil: belgilangan haroratgacha qizdirilgan ma’lum miqdordagi moy bilan metall plastinkalar (ko‘pincha qo‘rg‘oshin plastinkalar) yu-viladi. Sinash davomiyligi tanlangan usulga bog‘liq. Sinov tu-gagach, plastinkalar tarozida tortib ko‘riladi. Yuza birligiga to‘g‘ri keladigan grammda o‘lchanadigan yo‘qotgan massasiga qarab (g/ m2) korroziyalash ta’siri hisoblab topiladi. Korroziyalash ta’si rining qiymati va uni aniqlash usuli moy pasportida keltiriladi. Bu qiymat qancha kichik bo‘lsa, moyning korroziyaga qarshi xossalari shuncha yaxshi bo‘ladi. 1. 6. Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar Yaqin vaqtlargacha moylarning ekspluatatsion xossalari xom ashyoni to‘g‘ri tanlash, uni qayta ishlash va tozalash texnologiya sini yaxshilash yo‘li bilan oshirilar edi. Lekin texnika rivojlangani sari surkov moylarining sifatiga qo‘yiladigan talablar ham ortib bor-moqda. Bu talablarni eski usullar bilan qondirish mumkin bo‘lmay qoldi. Moylarning sifatini yaxshilash uchun ularga qo‘shilmalar qo‘shish moylash materiallarining ekspluatatsion xossalarini kes-kin oshirishning yangi vositasi bo‘lib qoldi. Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar bu murakkab birikmalar bo‘lib, ularni surkov moylarining sifatini yaxilash va ularga yan-gi xususiyatlar berish uchun qo‘shiladi. Ularning miqdori foizning yuzdan bir ulushidan 20–30 foizgacha yetadi. Qo‘shilmalar vazifasiga ko‘ra oksidlanishga qarshi, korroziyaga qarshi, yuvuvchi, dispersiyalovchi (maydalovchi), yeyilishga qar-shi, qovushoqlikni oshiruvchi, ko‘pirishga qarshi va boshqa turlar-ga bo‘linadi. Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalarga quyidagi talablar qo‘ yiladi: – moylarda yaxshi erish; – uzoq muddat saqlanganida, harorat o‘zgarganida va suv ta’sir etganida ajralib chiqib, cho‘kma hosil qilmasligi; – dvigatelning moy tozalash qurilmalarida filtrlanmasligi; – moylarning ayrim ekspluatatsion xossalarini yaxshilab, bosh-qalarini yomonlashtirmasligi; – issiqlik va kimyoviy ta’sirlarga turg‘un bo‘lishi. Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar. Uzel va agregatlarni ish- latishda to‘planadigan oksidlanish mahsullari qurum, lok hosil bo‘lishining, shuningdek, detallarning korrozion yeyilishi tezlashi shining asosiy sababchisidir. Shuning uchun harorat ta’siriga chi-damli moylar ishlab chiqarish zarurati tug‘iladi. Bunga oksidla nish jarayonini sekinlashtiruvchi oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan erishiladi. Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar moyning oksidlanish jarayoni boshlanishini kechiktirib, ishlash davrini kengaytiradi, oksidlanganda hosil bo‘lgan gidrooksidlar-ni buzib yuboradi va buning natijasida zanjirli reaksiyani to‘xta tib qo‘yadi, uglevodorodlarning oksidlanish mahsulotlariga ta’sir ko‘rsatib, yangi moddalar hosil qiladi, bu moddalar oksidlanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, oksidlanish jarayonini to‘xtatadi. Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar sifatida alkinfenolli qo‘shilma-lar ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ularning eng samaralisi ionol, amin tipidagi birikmalar va tarkibida oltingugurt, azot, fosforli birikma-lar mavjud qo‘shilmalardir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling