Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Yeyilishga va tirnalishga qarshi qo‘shilmalar


Download 0.77 Mb.
bet7/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Yeyilishga va tirnalishga qarshi qo‘shilmalar. Detallarning ishchi yuzalarida mustahkam moy pardasini hosil bo‘lishini ta’min-lash uchun moy yuqori moylash xususiyatiga va sirt aktivligiga ega bo‘lishi lozim. Moyning bu xususiyatini yaxshilashda foydalani­ ladigan qo‘shilmalar quyidagi turlarga bo‘iinadi: antifriksion, ye­ yilishga qarshi va tirnalishga qarshi.


Antifriksion qo‘shilmalar sifatida quyidagi sirt-aktiv moddalar ishlatiladi: tabiiy yog‘lar, yog‘li kislotalar, ularning efirlari va smo-lalari.


Yeyilishga qarshi qo‘shilmalar tarkibida harorat oshishi bilan ishqalanuvchi sirtlarning yopishib qolishiga qarshilik ko‘rsatuvchi
ardalar hosil qiluvchi sirt-aktiv moddalar bo‘ladi. Bunday qo‘shil-malar jumlasiga tarkibida passiv oltingugurt va fosfor kislotasi efiri bo‘lgan birikmalar kiradi.

Tirnalishga qarshi qo‘shilmalar ishlatilganida, ularning parcha-lanishidan hosil bo‘lgan mahsulot yuqori ishqalanish haroratida metallga ta’sir etadi. Natijada sof metallga nisbatan yemirilish-ga qarshiligi kam, erish harorati past birikmalar hosil bo‘ladi va ishqalanayotgan sirtlarning bir-biriga yopishishining oldini oladi. Tirnalishga qarshi qo‘shilma sifatida oltingugurt, fosfor va xlordan foydalanish mumkin.


Moyning qovushoqligini oshiradigan qo‘shilmalar. Surkov moylarining qovushoqlik-harorat xususiyatlariga, yuqori qovu­ shoqlik xususiyatiga ega bo‘lishi va past haroratlarda oquvchan-ligi yaxshi bo‘lishini ta’minlash maqsadida ular yuqori molekular birikmalar yordamida quyultiriladi. Bunday qo‘shilmalar jumlasi-ga poliizobutilenlar, polivinilalkilli efirlar, polimetakrilatlar va boshqalar kiradi. Poliizobutilenlar moyning qovushoqligi va qo-vushoqlik indeksini oshirish bilan bir paytda moyning moylash xususiyatini ham yaxshilaydi. Moy qovushoqligini oshirishda poli-metakrilatlardan keng foydalaniladi. Ular yordamida quyultirilgan moyning qovushoqligi turli xil haroratlarda yaxshi bo‘ladi va past haroratlarda dvigatelni ishga tushirishni yengillashtiradi. Shu bilan birga, bu moylarni barcha mavsumlarda ishlatish mumkin.
Quyultirilgan moylarning kamchiligi shundaki, ular 100°C dan yuqori haroratlarda polimerisizlantiriladi, ammo ularga antifriksion qo‘shil­malar­ qo‘shib bu jarayon to‘xtatiladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling